• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 6 » O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklari likvidligini 10 foizga oshirishga ruxsat berdi
15:53
O‘zbekiston Markaziy banki tijorat banklari likvidligini 10 foizga oshirishga ruxsat berdi

O‘zbekiston tijorat banklariga Markaziy bankka o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majburiy rezervlar miqdorining 35 foizini banklarning vakillik hisobvarag‘ida qoldirishga ruxsat etildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Markaziy bank boshqaruvi 2020-yil 1-apreldan e’tiboran tijorat banklarining O‘zbekiston Markaziy bankida depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlari miqdoriga nisbatan o‘rtachalash koeffitsiyentini oshirish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, O’zbekistondagi joriy makroiqtisodiy sharoitlardan kelib chiqib, bank tizimi likvidligini qo‘llab-quvvatlash va to‘lov tizimining barqaror ishlashini ta’minlashda majburiy rezervlash instrumentining samaradorligini oshirish maqsadida 2020-yilning 1-aprelidan boshlab majburiy rezervlar miqdoriga nisbatan amaldagi 0,25 o‘rtachalash koeffitsiyenti 0,35 gacha oshirildi.

"Bunda majburiy rezervlarning normativ miqdoriga nisbatan o‘rtachalash koeffitsiyentini belgilash orqali Markaziy bankka o‘tkazilishi lozim bo‘lgan majburiy rezervlar miqdorining 35 foizini banklarning vakillik hisobvarag‘ida qoldirishga ruxsat etiladi. Bu o‘z navbatida, tijorat banklarining likvidliligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, tijorat banklarining Markaziy bankda rezerv sifatida shakllantiriladigan majburiy rezervlar normativlari o‘zgarishsiz, milliy valyutadagi depozitlar uchun 4 foiz hamda chet el valyutasidagi depozitlar uchun 14 foiz miqdorida qoldirildi.

Markaziy bank kelgusida bank tizimidagi likvidlilikning joriy holati tahlilidan kelib chiqib, o‘rtachalash koeffitsiyentini bosqichma-bosqich oshirib boradi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:488 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:27
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь