• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 13 » O‘zbek bronekaterlari ishtirok etgan mashg‘ulotdan bexabar Turkmaniston harbiylari ularning “hujumi”ni qaytarishga urindi
13:33
O‘zbek bronekaterlari ishtirok etgan mashg‘ulotdan bexabar Turkmaniston harbiylari ularning “hujumi”ni qaytarishga urindi

Fevral oyining oxirida O‘zbekiston chegara qo‘shinlarining daryo chegaralarini himoya qilish bo‘linmalari Turkmaniston va Afg‘oniston chegaralari o‘rtasida joylashgan hududda taktik mashg‘ulotlar o‘tkazdi, deb xabar beradi "Xronika Turkmenistana”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quv mashg‘ulotlarida O‘zbekiston tomonidan Ukrainada ishlab chiqarilgan "Jayhun” va "Sayhun” nomli ikkita zamonaviy suv bronekateri harakatga keltirilgan. Katerlar kuchli motorga ega bo‘lib, yirik kalibrli pulemyotlar bilan jihozlangan.

Ta’kidlanishicha, ushbu hududni qo‘riqlovchi turkman chegarachilari mashg‘ulotlardan bexabar bo‘lgani sabab ularni ushlash uchun daryo flotiliya politsiyasining ikkita transport katerida Kelif qishlog‘ida joylashgan bo‘linmaning 20 ga yaqin askarini yuborgan. Har bir qayiqda Kalashnikov avtomati bilan qurollangan to‘qqiz nafar chegarachi bo‘lgani aytilmoqda. Aksariyat avtomatlarning magazinida patron bo‘lmagan.

Harbiy xizmatchilardan birining so‘zlariga ko‘ra, chegarachilar mashg‘ulot haqida ogohlantirilmagani uchun vaziyatga tayyor bo‘lmagan.

"Balki, qo‘shnilar Ashxoboddagi qo‘mondonligimizni ogohlantirgandir, lekin biz bexabar edik. Shu sabab chegarada xorij harbiylariga tegishli katerlarning qo‘qqisdan paydo bo‘lishiga javob qaytarish maqsadida qo‘lga ilingan narsadan foydalandik”, — deydi harbiy xizmatchilardan biri.

Ikki davlat harbiylarining to‘qnashuvi otishmalarsiz bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Turkmaniston sotib olgan barcha zamonaviy katerlar Kaspiy dengizida joylashgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:533 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031