• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 6 » “O‘rikzor”dagi yana bir sotuvchi, “Yunusobod”dagi ziravorchi, namanganlik IIO xodimi: aholi orasidan aniqlanayotgan koronavirusga chalinish
18:22
“O‘rikzor”dagi yana bir sotuvchi, “Yunusobod”dagi ziravorchi, namanganlik IIO xodimi: aholi orasidan aniqlanayotgan koronavirusga chalinish

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda 5-iyun kuni koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq aholi orasida qayd etilgan 17 ta holat yuzasidan axborot berdi. Qayd etishlaricha, ushbu kasalanish holatlarining to‘qqiztasi Toshkent shahrida, to‘rttasi Qashqadaryo viloyatida, ikkitasi Toshkent viloyatida, bittasi Namangan va yana bittasi Buxoro viloyatida qayd etilgan.

Toshkentning Olmazor tumanida yashovchi nafaqadagi fuqaroda, Uchtepada tumanida joylashgan "O‘rikzor” bozoridagi yana bir do‘kon sotuvchisi va uning besh nafar oila a’zosi — onasi, ikki nafar qizi, o‘g‘li va jiyanida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.

O‘tgan may oyi davomida "O‘rikzor” bozorida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan, shundan so‘ng doimiy yashash manzili — Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumaniga qaytgan fuqaro va uning uch nafar oila a’zosi — ikki akasi va qizida ham ushbu kasallik aniqlangan.

Toshkent viloyatida infeksiya aniqlangan fuqarolarning bir nafari Oqqo‘rg‘on tumanidan bo‘lib, harorati ko‘tarilgan va namuna topshirgan. Yana bir holat esa Qibray tumanida yashovchi fuqaroda qayd etilgan — u "Yunusobod” bozorida ziravorlar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan.

Bundan tashqari, Namangan viloyati ichki ishlar hamda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yo‘l qurilish idorasi xodimi (tana harorati ko‘tarilgan va shifokor maslahati asosida tahlil topshirgan)da ham koronavirus tasdiqlangan.

"Yuqoridagi barcha holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida.

Eslatib o‘tamiz, 6-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4064 nafarni tashkil etmoqda; bemorlarning 3247 nafari sog‘aygan, 16 nafari vafot etgan.

Ma’lumot uchun, 6-iyun kuni soat 17:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda aholi orasida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 15 ta holat qayd etildi (bu kun davomida aniqlangan 57 ta koronavirus holatlarining 21 foizini tashkil etadi). Jumladan, Toshkent shahrida oltita, Namangan viloyatida oltita, Xorazm viloyatida esa 3 ta holat aholi orasida aniqlangan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:536 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь