• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 20 » O‘g‘rilikka tenglashtirilgan, transfer oynasi yopilgan vaqtda amalga oshirilgan “Barselona” xaridi — Martin Breytueyt voqeasi haqida
19:05
O‘g‘rilikka tenglashtirilgan, transfer oynasi yopilgan vaqtda amalga oshirilgan “Barselona” xaridi — Martin Breytueyt voqeasi haqida

Yevropada qishki transferlar oynasi yopilib bo‘lgan. Biroq "Barselona” jarohat olgan Usmon Dembelening o‘rniga "Leganes” hujumchisi Martin Breytueytni sotib olganini e’lon qildi. Ushbu transfer qanday ro‘y berganini tushuntirishga harakat qilamiz.

* Breytueyt — La Ligada qolish uchun kurashayotgan "Leganes” (19-o‘rinda) safida joriy mavsum 24 ta turning barchasida qatnashdi. U 6 ta gol bilan klubning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turgandi.

* "Barselona” daniyalik hujumchi uchun "Leganes”ga 18 million yevro to‘laydi

Breytueytning klub bilan tuzgan shartnomasida aynan shu mablag‘ tovon puli sifatida ko‘rsatilgan. "Leganes” Kataloniya klubidan Martin bo‘yicha taklif kelib tushgan vaqtda avvaliga muzokaralarga kirishishdan bosh tortdi. Klub prezidenti Felipe Moreno quyidagicha bayonot berdi: "Tovon pulini to‘lang yoki Breytueyt biz bilan qoladi”.

* Transfer oynasi yopilgan bo‘lsa-da, "Barselona” qanday qilib xaridni amalga oshirdi?

Usmon Dembele safga qaytganiga ko‘p bo‘lmasidan yana jarohat oldi. Shifokorlar esa tekshiruvlardan so‘ng u kamida 5 oy maydonda bo‘lmasligini tasdiqladi. Dembele uchun mavsum yakunlandi. "Barselona” esa La Liganing maxsus komissiyasiga Dembelening jarohati haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. La Liga qoidalariga ko‘ra, klub jarohatlangan futbolchining o‘rniga faqat Ispaniya chempionatida to‘p tepadigan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin bo‘lardi. U yevroarenada o‘ynay olmaydi va faqat ichki birinchilikda harakat qiladi. La Liga "Barselona”ga ruxsat berdi.

* La Liga "Leganes”ga Breytueytning o‘rniga futbolchi olib kelishga ruxsat bermadi

La Ligada 4-mavsumini o‘tkazayotgan "Leganes” Martinning o‘rniga yangi futbolchi olib kelish uchun liga rahbariyatiga xat yo‘llab, rad javobini oldi. Jamoaning asosiy hujumchisini transfer oynasi yopilgan vaqtda sotib olishdi, uning o‘ziga esa bunga ruxsat berilmadi.

Qayd etish joiz, yanvarda klub yana bir futbolchisi — Yussuf an-Nosiridan ayrilgan edi. "Sevilya” an-Nosirining shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulini to‘ladi va uni olib ketdi.

"Leganes” deyarli hujumchisiz qoldi.

* Futbolchisining ketishini e’lon qilgan "Leganes” La Liganing transferlarga ta’siri haqida bong urdi

"Bu savolni o‘rtaga tashlashni xohlaymiz. O‘zimizga jiddiy va katta zarar beradigan holatga tushib qoldik. Bu qanday qoida bo‘ldi?! Uzoq muddatga futbolchisidan ayrilgan klub bir tomonlama o‘z muammosini hal qilishi mumkin ekan-da! Uning muammosi esa boshqa klub bo‘ynida shundaymi? Mazkur qoidani klublar o‘zaro kelishgan holatda amal qilganda tushunardik, biroq axir bu klublarning tengligi qoidalariga zid-ku. Ushbu holatni, ta’riflab bo‘lmas darajada katta zararlarni kamaytirish uchun oxirigacha borishga tayyormiz. Reglamentdagi mazkur qoidani adolatsiz hisoblaymiz. Foyda ko‘rgan "Barselona”, jabrlangan esa "Leganes” bo‘ldi”, — deya bayonot berdi Martin Ortega.

* Marca nashri muharriri Roberto Palomar "Barselona”ni ayovsiz tanqid qilib chiqdi

"Albatta, ma’lum qoidalar bor. Ammo klublar ushbu qoida bo‘yicha qanday harakat qilishni o‘zlari hal etadi. "Barselona” esa etika qoidalarini ochiq-oydin ravishda buzdi. Katalonlarning bu ishi ulkan o‘g‘irliklar davrini yodga solmoqda. Gap qoidalarga amal qilishda emas, balki prinsipsiz klubga aylanish haqida ketmoqda. Ushbu holatdan so‘ng futbol jamoatchiligi "Barselona”ni avvalgidek qabul qiladi deb o‘ylamayman. Bu sport nuqtayi nazari bilan qaralganda shubhali transfer, moliyaviy tomondan esa ahmoqona”, — deya yozadi Roberto.

* Breytueytning "Barselona”ga o‘tishi "Leganes”ning La Ligada qolish-qolmasligida muhim rol o‘ynaydi

Boisi "Leganes”da atigi bir nafar sof hujumchi qoldi — Gido Karrilo. Gido maydonga juda kam tushadi va sermahsul emas. Jamoada boshqa variantlar ham bo‘lishi mumkin, biroq qolgan hujumkor futbolchilar bitta ham gol urgani yo‘q. Buni quyidagicha tushuntirishga harakat qilamiz: Breytueyt va an-Nosirini hisobga olmasa, "Leganes”ning atigi 4 nafar futbolchisi La Ligada gol urgan. Gollardan 5 tasi yarim himoyachi Oskar Rodrigesga tegishli.

* Martin Breytueyt ishini Ali Dursun hal qildi. U kim?

U Frenki de Yongni "Barselona”ga olib kelgan agentlikda faoliyat olib boradi. Ta’kidlash joiz, de Yong bilan birga o‘tgan yozda Dursunning o‘g‘li Mayk van Beynen ham Kataloniya klubiga o‘tgandi. Biroq u "Barselona”ning ikkinchi jamoasida bitta ham o‘yin o‘tkazmasdan, qishki transferlar vaqtida "Genchlerbirligi” klubiga "badarg‘a” bo‘ldi.

* "Barselona”ning rejasi

Luis Suaresning jarohatidan hech qancha o‘tmay, "Barselona” klub tarbiyalanuvchisi bo‘lgan hujumchi Abel Ruisni "Braga”ga ijaraga berib yubordi. "Braga” mavsum so‘ngida Ruisni 8 million yevroga to‘liq sotib olish huquqini ham qo‘lga kiritdi ("Leganes” Martin Breytueytni "Midlsboro”dan 5 million yevroga xarid qilgan). Birozdan keyin Kataloniya klubi hujum chizig‘ining ikkala qanotida ham o‘ynashga qodir bo‘lgan Karles Peresni "Roma”ga ijaraga berdi-qo‘ydi. Mantiqni qarang: 31-yanvarda hujumchisini qo‘yib yuborish va oradan bir necha kun o‘tib transferga ruxsat so‘rash.

* Breytueyt — yozdayoq "Barselona”ga kerak bo‘lmay qolishi mumkin

Tez orada Luis Suares safga qaytadi, yozda esa Usmon Dembele ham jarohatdan tuzaladi. "Barselona” Dursun bilan muzokaralarda Martinning transferi favqulodda holat ekanligini tushuntirgan. Agar futbolchi kataloniyaliklarni o‘z o‘yini bilan xursand qila olmasa, u sotib yuboriladi. Ammo "Barselona” futbolchiga sarflangan 18 million yevroni ortga qaytara olmasligini ham tushunib turibdi.

Biroq Kataloniya klubi Breytueytga xaridor chiqishiga ishonmoqda. Bu gap qayerdan chiqdi dersiz? Dursunga ko‘ra, qishki transferlar vaqtida "Leganes”ga Breytueyt bo‘yicha APLning bir necha klubi taklif bilan chiqqan. Lekin "Leganes” hujumchisini sotishni istamagan.

Kataloniyaning Diario Sport nashrida 89 foiz muxlis Breytueyt transferini o‘ylanmay amalga oshirilgan xarid sifatida baholadi. Shu bilan birga redaksiyaning o‘zi e’lon qilgan maqolasida Martinni "daniyalik Ronaldo” sifatida e’tirof etdi.

* "Midlsboro” esa xursand

Breytueytning transferidan faqatgina futbolchining avvalgi klubi "Midlsboro” xursand bo‘lmoqda. Ingliz qayta sotuvdan 4,5 million yevroga ega bo‘lmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2019-yil yozida "Boro” futbolchi uchun "Leganes”dan 5 million yevroni qurtdek sanab olgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:552 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829