• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » Iyun » 12 » O'quvchilarning ta`lim muassasasiga maktab formasida kelishi majburiy qilib qo'yiladi
17:56
O'quvchilarning ta`lim muassasasiga maktab formasida kelishi majburiy qilib qo'yiladi

Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Xalq ta`lim vazirligining "Umumiy o'rta ta`lim muassasalari o'quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta`minlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori loyihasi e`lon qilindi.

Hujjat bilan O'zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va "O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasining 2018/2019 o'quv yilidan boshlab barcha umumiy o'rta ta`lim muassasalarida o'quvchilar uchun ko'p variantlilik asosida zamonaviy maktab formasini joriy etish to'g'risidagi taklifi ma`qullanishi mumkin.

"O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi korxonalari tomonidan davlat umumiy o'rta ta`lim muassasalari o'quvchilari uchun ularning yoshi, bahor-kuz va qish mavsumlari inobatga olingan holda ko'p variantlilik asosida tayyorlangan zamonaviy maktab formalarining namunaviy shakllari;

Umumiy o'rta ta`lim muassasalari o'quvchilari uchun zamonaviy maktab formasini joriy etish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlanishi mumkin.

Belgilanishicha: 

maktab formasi umumiy o'rta ta`lim muassasalari rahbariyati tomonidan o'quvchilarning ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan kelishilgan holda namunaviy shakllar doirasida tanlanadi;

maktab formasi umumiy o'rta ta`lim muassasasi pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda o'quvchilar uchun tasdiqlangan maktab formasi shaklini uch o'quv yili davomida o'zgartirishga yo'l qo'yilmaydi;

o'quvchilarning umumiy o'rta ta`lim muassasasiga maktab formasida kelishlari majburiy hisoblanadi.

"O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
2018 yil 1 iyuldan boshlab tasdiqlangan namunaviy shakllardagi maktab formalarining ishlab chiqarilishini tashkil etadi;

maktab formalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni belgilashda ularning texnologik jihatdan ishlab chiqarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlarning o'z hududida joylashganligini inobatga oladi.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi hamda tasarrufida umumiy o'rta ta`lim muassasalari bo'lgan vazirlik va idoralar:

2018/2019 o'quv yilidan boshlab barcha umumiy o'rta ta`lim muassasalarida tasdiqlangan maktab formalarining namunaviy shakllari doirasida yagona maktab formasining joriy qilinishini ta`minlaydi;

o'quvchilarning ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar o'rtasida umumiy o'rta ta`lim muassasalariga maktab formasida kelishning afzalliklari to'g'risida tushuntirish ishlarini olib boradi.

Umumiy o'rta ta`lim muassasalari o'quvchilari uchun zamonaviy maktab formasini joriy etish tartibi to'g'risidagi nizomga ko'ra, maktab formasini joriy etishning maqsadi o'quvchilarning bilimli, odob-axloqli, sog'lom fikrli, har tomonlama barkamol shaxs bo'lib yetishishiga ko'maklashish, o'zaro tenglik va belgilangan tartib-qoidalarga itoatkorlik hissini uyg'otish, ularning salomatliklarini muhofaza qilish uchun shart-sharoit yaratish, o'quvchilar o'rtasida sog'lom raqobat muhitini yuzaga keltirishdan iborat.

Quyidagilar maktab formasini joriy etishning vazifalari hisoblanadi:

ta`lim muassasalarida sog'lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, yosh avlodga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida ta`lim-tarbiya berishga ko'maklashish;

o'quvchilar o'rtasida o'zaro ijtimoiy tenglik tamoyillarini qaror toptirish;

ta`lim muassasalarida o'quvchilarning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga to'liq rioya etishlarini tartibga solish;

o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga yot bo'lgan "ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilishga ko'maklashish.

Maktab formasining matosi o'quvchilarning yoshiga, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga to'liq javob berishi shart.

Ta`lim muassasasi rahbariyati tomonidan o'quvchilarning ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan kelishgan holda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan maktab formalarining namunaviy shakllari doirasida maktab formasi shakli belgilanadi.

Maktab formasi ta`lim muassasasi pedagogik kengashining qaroriga muvofiq uch yil muddatga joriy etiladi. Ta`lim muassasalarida joriy etilgan maktab formasini belgilangan muddat davomida o'zgartirishga yo'l qo'yilmaydi.

O'quvchilar tomonidan maktab formasini kiyishda quyidagi talablarga rioya etilishi lozim:

kiyimlarning o'ta tor yoki o'ta keng bichimda bo'lmasligi;

qizlar uchun yubkaning tizzadan yuqori bo'lmasligi;

oyoq kiyimlar poshnasining 3 santimetrdan baland bo'lmasligi;

ko'ylakning eng yuqoridagi faqat bitta tugmasidan tashqari tugmalarning qadalgan bo'lishi;

kiyimlarning toza va dazmollangan bo'lishi.

O'quvchilarning maktab formasini kiyish tartibiga rioya qilmaslik ta`lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzish deb baholanadi va bunday o'quvchilarga quyidagi choralar qo'llanishi mumkin:

ogohlantirish;

kundalik daftariga qayd etish;

tushuntirish ishlarini olib borish uchun ota-onasini xabardor qilish;

fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari va ta`lim muassasasidagi yig'ilishlarda ota-onalar ishtirokida muhokama qilish.

O'quvchilar tomonidan maktab formasini kiyish tartibiga surunkali tarzda rioya qilmaslik ota-onalarning voyaga yetmagan farzandlarini tarbiyalash va ularga ta`lim berish borasidagi majburiyatlarini bajarmaslik deb baholanadi va ularga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan jazo choralari qo'llaniladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1414 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:10
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyun 2018  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930