• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 25 » Nyu-York gubernatori shtatga koronavirus Xitoydan emas, Italiyadan kirib kelganini taxmin qildi
18:54
Nyu-York gubernatori shtatga koronavirus Xitoydan emas, Italiyadan kirib kelganini taxmin qildi

Gubernator Endryu Kuomoning taxminlarga ko‘ra, koronavirus Nyu-Yorkka Xitoydan emas, Italiyadan kelgan. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Shimoli-sharqiy universitet tadqiqotlariga ko‘ra, Nyu-York aholisining mingdan ortig‘i 1-mart kuni — shtatda ilk bemor qayd etilganidan oldin kasallikka chalingan bo‘lishi mumkin. Kuomoning fikricha, COVID-19’ning mintaqada paydo bo‘lish manbayi — Italiya.

Gubernatorning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus xavfi sabab Xitoy bilan aloqani fevral oyidayoq to‘xtatgan, biroq Yevropadan keluvchilar mart oyidagina cheklangan. Kuomoning so‘zlariga ko‘ra, bu vaqtga kelib virus mamlakat hududi bo‘ylab keng tarqalib bo‘lgan.

Shuningdek, u yanvar va fevralda, koronavirus haqidagi vahimali yangiliklar tarqala boshlagach, Yevropadan Nyu-York va Nyu-Jersi aeroportlariga 2,2 million odam bemalol kirib kelganini bildirdi. Kuomoning qo‘shimcha qilishicha, shtatdagi koronavirus statistikasi ijobiy natijalarni ko‘rsatmoqda.

So‘nggi vaqtda koronavirus aniqlangan 422 bemor vafot etgan bo‘lib, bu 31-martdan buyon kuzatilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Bundan tashqari, ketma-ket 10-kun shifoxonlarga murojaat qilayotgan bemorlar soni kamaymoqda. Biroq shtat gubernatorining ta’kidlashicha, shtatlardan cheklov choralarini olib tashlashga hali erta.

Avvalroq AQShda o‘tgan bir sutka ichida 3,3 mingdan ortiq bemor koronavirus oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi. Amerikalik olimlarning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni rasmiy raqamlardan o‘n baravar ko‘p bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi har bir shtat hukumati o‘z mintaqasidagi sharoitdan kelib chiqib, koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilishi kerakligini ma’lum qilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:558 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь