Меню сайта
Главная страница Форум сайта Узбекская Музыка Картинка Онлайн PhotoShop Софт для PC Система uCoz Видео Монтаж Кинофильмы Новости Eset Upatde (База) Компьютерный игры Игры и софт для Android Телефон прошивка Все Usb драйвер
Клип премьера
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 267
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 94
Гостей: 93
Пользователи 1
moderator
Muzaffar
ARX
moderator
Azmin55
Mussi777
Qorsaqli88
pakoo77
pakoo88
pakoo99
pakoo
Реклама
Главная » 2020 » Mart » 24 » Notariuslar, DXM va FHDYo idoralari 25-martdan onlayn ish rejimiga o‘tadi
22:08
Notariuslar, DXM va FHDYo idoralari 25-martdan onlayn ish rejimiga o‘tadi

Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilishi munosabati bilan 2020-yilning 25-martidan boshlab Adliya vazirligi tizimidagi notariuslar, Davlat xizmatlari markazlari (DXM) va FHDYo idoralarining ish tartibi o‘zgaradi. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, 25-martdan boshlab Adliya vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar adliya boshqarmalari, tuman (shahar) adliya bo‘limlariga jismoniy va yuridik shaxslardan murojaatlarni qabul qilish va ular bilan ishlash faqat elektron pochta yoki ishonch telefonlari orqali amalga oshiriladi.

Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlari elektron shaklda "my.gov.uz” portali orqali onlayn tarzda va faqat kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina idoralarda amalga oshiriladi.

FHDYo bo‘limlarida fuqarolar xodimlarning navbatchiligi asosida kechiktirib bo‘lmaydigan holatlardagina, ya’ni tug‘ilish va o‘lim haqidagi dalolatnoma yozuvlarini qayd qilish uchun tashkil qilingan darcha orqali qabul qilinadi.

Notariuslarga murojaat qilish faqat kechiktirib bo‘lmaydigan zaruriyat yuzaga kelganda, ya’ni birinchi navbatda vasiyatnoma, ishonchnoma, garov, ipoteka bo‘yicha "e-notarius.uz” sayti orqali tegishli notariusga hujjatlarni oldindan elektron shaklda taqdim etish va elektron navbatga yozilish orqali amalga oshiriladi.

Vazirlikning eslatib o‘tishicha, fuqarolarni barcha binolarga kiritishga faqat belgilangan navbat va vaqtga rioya etilgan holda hamda tibbiy niqob taqilgan, qo‘llar antiseptik vositalar bilan yuvilgan va tana harorati teplovizorlar orqali o‘lchangandan keyin yo‘l qo‘yiladi. Bino tashqarisi va ichida fuqarolar o‘zaro 2 metr masofa saqlashi lozim bo‘ladi.

Qayd etilishicha, ushbu vaqtinchalik cheklovlar "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 176-son qarori va Davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarning tegishli tavsiyalariga asosan tatbiq qilinmoqda.

Shuningdek, yuqoridagi hukumat qaroriga asosan, idoralardagi aksariyat ayol xodimlar bog‘cha yoshidagi farzandlariga qarash uchun mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha vaqtinchalik ta’tilga chiqarilganligi va xodimlarning bir qismi masofadan turib ishlashga o‘tganligi sababli idoralar faoliyatida ayrim uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Vazirlik kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ayrim noqulayliklar uchun avvaldan uzr so‘ragan holda adliya idoralariga faqat jiddiy zarurat bo‘lganda murojaat qilishni so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar soni 50 nafarga yetdi. Ulardan besh nafari tuzaldi. 24-martdan O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi, dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 30 nafari chet elda bo‘lib qaytgan. 18 nafar fuqaro esa ular bilan yaqin muloqotda bo‘lib, virusni yuqtirib olgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров: 22 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:00
Добро Пожаловать, Mexmon
Реклама
Поиск
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031