• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 1 » Noqonuniy nusxadagi kitoblarning Telegram’da tarqalishi Rossiyaga yiliga 55 mlrd rubl zarar keltirmoqda
16:34
Noqonuniy nusxadagi kitoblarning Telegram’da tarqalishi Rossiyaga yiliga 55 mlrd rubl zarar keltirmoqda

Kitoblarning Telegram kanallaridagi noqonuniy nusxalari tufayli Rossiyada kitoblar bozori yiliga 55 milliard rubldan ko‘proq moddiy zarar ko‘rmoqda, deydi internet huquqlarni himoya qilish uyushmasi (IHHQU) bosh direktori Maksim Ryabiko "Vedomosti”ga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 200 ga yaqin Telegram kanallari orqali kitoblarning noqonuniy nusxalari tarqatilmoqda va ularning umumiy auditoriyasi 2 million kishini tashkil etadi. Ryabikoning ta’kidlashicha, ushbu messenjer hozirda ‘ru.net’da qaroqchilikning eng katta manbalaridan biri hisoblanadi.

Mualliflar Telegram’dagi qaroqchilikka qarshi blokirovka bilan kurasha olmaydi, chunki 2018-yil aprel oyidan boshlab sud qarori bilan ushbu messenjerga kirish rasman blokirovka qilingan. Uyushma rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Telegram messenjeri IHHQU shikoyatlariga javob bermayapti va noshirlar qaroqchilikka cheklovlarni faqat smartfonlar uchun operatsion tizimlarga ega bo‘lgan Apple va Google’ga murojaat qilish orqali erishishi mumkin.

IHHQU Telegram messenjeridan kontent nusxalarini qidirib topish uchun "raqamli barmoq izi”ni kiritishni yoki kanal egalariga qonuniy da’volarni taqdim etish uchun aniq ma’lumotlarni kiritish majburiyatini taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Film, ko‘rsatuv va serial ishlab chiqaruvchilar ham Telegram’dan shikoyat qilmoqda, deb xabar bergan "Vedomosti”.

More.tv video xizmati direktori Denis Gorshkovning so‘zlariga ko‘ra, messenjer shikoyatlarga qisqa vaqt ichida javob bergan, ammo u so‘nggi murojaatlarga javob bermagan.

Internet video assotsiatsiyasining bosh direktori Aleksey Birdinning so‘zlariga ko‘ra, agar messenjer so‘rovlarga bu tarzda javob bersa va uning reaksiyasi bir necha hafta davom etadigan bo‘lsa, bu sport ko‘rsatuvlari va premyeralar uchun katta zarar keltiradi.

Telegram asoschisi Pavel Durov "Vedomosti” so‘roviga javob bermadi. Oldinroq esa Telegram’ning The Outline vakili ushbu xizmat doimiy ravishda kontentni moderatsiya qilish vositalarini takomillashtirib borishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil aprel oyida Telegram FXBga shifrlash kalitlarini berishdan bosh tortganligi sababli Roskomnadzor sud qarori bilan Telegram’ni bloklashni boshladi.

Avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov WhatsApp messenjerining zaifliklari ortida xorijdagi bir nechta davlatlarning hukumatlari manfaatlari turganini bildirgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:435 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829