• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 18 » Nobel laureati koronavirus laboratoriya sharoitida yaratilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi
17:42
Nobel laureati koronavirus laboratoriya sharoitida yaratilgan bo‘lishi mumkinligini aytdi

COVID-19 koronavirusi laboratoriya sharoitida yaratilgan. Bu haqda 2008-yili OIV retrovirusini ochgani uchun Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan virusolog Lyuk Montanyening so‘zlariga tayanib, "Kommersant” xabar berdi.

Montanyening so‘zlariga ko‘ra, koronavirusda OIV zarralari paydo bo‘lgan. Uning taxminiga ko‘ra, COVID-19 OITSga qarshi vaksina ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan bo‘lishi mumkin.

"U tabiiy yo‘l bilan paydo bo‘lmagan, bu molekulyar biologiyaning ishi. Qanday maqsadda — noma’lum. Mening vazifam — faktlarni taqdim etish, hech kimni ayblamayman, buni kim va nima uchun amalga oshirganini bilmayman. Balki ular OITSga qarshi vaksina yaratmoqchi bo‘lgandir”, — deydi Montanye.

Virusolog Pourquoi docteur’ga bergan intervyusida virus Uxandagi laboratoriyada yaratilganini aytgan. Bunda Montanye fransiyalik matematik Jan-Klod Perezning ilmiy tadqiqot natijalaridagi virus tuzilishiga tayanib, shunday fikrni bildirgan.

Avvalroq Xitoy tashqi ishlar vakili Chjao Litszyan koronavirusni Uxanga amerikalik harbiylar olib kelgan bo‘lishi mumkin degan fikrni bildirgan edi. Tramp Xitoyning koronavirus AQSh harbiylari tomonidan tarqalgani to‘g‘risidagi taxminini yolg‘on deb atagan. Shuningdek, Xitoyda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat dekabr oyida emas, 17-noyabrda aniqlangani ma’lum bo‘lgan.

Pentagon COVID-19 koronavirusi laboratoriya sharoitida emas, tabiiy usulda kelib chiqqan deb hisoblamoqda, ammo razvedkada bu borada yakuniy xulosalar yo‘q edi. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo kelajakda koronavirus pandemiyasining aybdorlari topilishi kerakligini va Xitoy ushbu kasallik haqida vaqtida xabar bermaganini aytgandi.

Категория: Har-Hil | Просмотров:554 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:25
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь