• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 16 » “Niqoblar to‘g‘ri taqilmasa virusdan himoya qilmaydi”. Tibbiyot niqoblarining foyda va zarari haqida
18:37
“Niqoblar to‘g‘ri taqilmasa virusdan himoya qilmaydi”. Tibbiyot niqoblarining foyda va zarari haqida

Yangi turdagi COVID-19 koronavirus haqidagi yangiliklardan so‘ng, dorixonalarida tibbiyot niqoblariga bo‘lgan taqchillik yuzaga keldi. Ko‘chalarda odamlarning aksariyati niqobda. Bosh vazir tibbiy niqoblar va tibbiyot kombinezonlarini ishlab chiqarish hajmi oshirilgani, mamlakatda yetarli darajada zaxira shakllantirilganini ta’kidlagan bo‘lsa-da, ayrim dorixonalarda tibbiyot niqoblari sotuvda qolmagan. Turli soha mutaxassislari OAV orqali chiqish qilib, virusdan himoyalanish uchun niqoblardan foydalanishni tavsiya qilmoqda. Aslida ham shunday? Dorixonaga yugurish kerakmi? Meduza shu turdagi savollarga javob berdi.
To‘xtang, ushbu fikrlar aslida ilmiy asosga ega emas. Shu sabab tibbiyot niqoblari foyda berishi dargumon.

Qisqa qilib aytganda, yirik tibbiyot tashkilotlari kasal bo‘lmagan va shifoxona yoki poliklinikada ishlamaydigan odamlarga niqob taqishni tavsiya qila olmaydi, chunki niqoblarning himoya xususiyati isbotlanmagan hamda nazariy jihatdan niqoblar u qadar foydali ham emas. Tibbiyot niqoblarining ko‘plab kamchiliklari mavjud:

Niqoblar ko‘zni yopmaydi. Tabiiyki viruslar uchun tarqalishning eng yaxshi yo‘llaridan biri ochiq qoladi;

Niqoblar og‘iz va burunga to‘liq yopishib turmaydi. Shu sababli virusning og‘iz yoki burun orqali yuqtish ehtimolligi saqlanib qoladi;
Niqoblardagi teshiklar juda katta bo‘lgani sabab mayda tomichlar u orqali bemalol o‘ta oladi. Biroq yirik tomchilar, masalan, odam aksa urganda niqob ma’lum muddatga uni ushlab qoladi;

Niqoblarni to‘g‘ri taqish juda noqulay, shu sabab uning foydasi juda kam.

U holda nega hamma niqoblar haqida gapirmoqda? O‘zi nega kerak niqob?

Niqoblarni yo‘tal yoki aksa urishi orqali virus yoki bakteriyalarni boshqalarga tarqatishi mumkin bo‘lgan bemorlarga taqish tavsiya etiladi. Shuningdek, niqoblarni jarrohlar ham taqishiga odatga aylangan, ammo bu operatsiya qilinayotgan jarohatning infeksiyadan himoya qilishni kafolatlaydigan ma’lumotlar yo‘q. Shuga qaramay, niqoblar shifokorni bemordan sachraydigan biologik suyuqlikdan himoya qila oladi.

U holda virusdan himoyalanish uchun nima qilish kerak?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ko‘plab viruslardan himoyalanishning oddiy va universal usullarini tavsiya qiladi:

Qo‘llarni to‘g‘ri va muntazam yuvish: kamida 20 soniya davomida sovun bilan va kaftning barcha joylarini yaxshilab yuvish, shundan so‘ng, qo‘lni yaxshilab artish;

Kir qo‘llar bilan yuzga, ayniqsa, burun, og‘iz va ko‘zga teginish kerak emas;

Yo‘talayotgan, aksa urayotgan, shuningdek, yuqori tana harorati mavjud insonga yaqinlashmaslik lozim;

To‘g‘ri yo‘talish va aksa urish tasvirlangan plakatlarni ish yoki uyga ilib qo‘yish kerak;

Go‘sht va tuxum mahsulotlarini yetarli daraja haroratda pishirib, iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Baribir niqob taqib yurishni istagan odam buni qanday to‘g‘ri amalga oshirishi kerak?

Universal masalahat — niqoblar qadog‘idagi qo‘llanmaga rioya qilish. Ammo qo‘shimcha masalahatlar ham kerak bo‘ladi:

Niqobni doimo taqib yurish kerak, hatto uyda oila a’zolari bilan bo‘lgan ham;

Niqobning iplarini iloji boricha qattiqroq tortib bog‘lash darkor, shunda niqob burunni yaxshiroq yopadi;

Tibbiyot niqobidan bir martagina foydalanish kerak;

Niqobni taqqanda unga teginmaslik kerak;

Niqob nam yoki kir bo‘lsa, almashtirish lozim;

Niqobni rezinasi yoki bog‘ichidan ushlab yechish kerak;

Niqobni yechib tashlagandan so‘ng, qo‘lni sovunlab yuvish lozim.

Niqoblardan ko‘ra, FFP2 respiratorlari yaxshi foyda beradi (FFP1 respiratorlari borligini ham unutmaslik kerak, ularning tashqi ko‘rinishi 
chiroyli bo‘lsa-da, himoyasi kuchsiz). Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tibbiyot xodimlariga aynan FFP2’dan foydalanishni tavsiya qiladi. Ammo uning ham o‘ziga yarasha kamchiligi bor:

Bu kabi respiratorlarda nafas olish qiyin, ayniqsa, uzoq vaqt taqib yurilganida. Shu sababli nafas olish tizimida surunkali aziyat chekadigan, shuningdek, ayrim ruhiy nosog‘lom insonlarga bu turdagi respiratorlardan foydalanish tavsiya etilmaydi — avval shifokor bilan maslahatlashish lozim.
Bu kabi respiratorlar bolalar va soqol yoki mo‘ylovi bor odamlarning yuziga yaxshi taqilmaydi, shu sabab uning himoyasi samarali emas.
Категория: Har-Hil | Просмотров:558 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:17
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031