• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 6 » Moskva viloyatida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 6 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
14:30
Moskva viloyatida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 6 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Moskva viloyatidagi Ramenskoye tumanida 5-mayga o‘tar kechasi elektr simlarining nosozligi sababli muhojirlar yotoqxonasi yonib ketdi. Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida olti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, qolgan fuqarolar omon qolgan. Bu haqda "Moskovskiy komsomolets” xabar berdi.

Durnixa qishlog‘ida yonib ketgan ikki qavatli uy (maydoni 200 metr) ilgari mahalliy aholi vakiliga tegishli bo‘lgan, ammo bundan bir necha yil oldin uy migrantlar uchun yotoqxona barpo etgan tadbirkorga sotilgan. Bundan tashqari, migrantlar uchun bir nechta yashash vagonlari yer maydonining o‘zida o‘rnatilgan. Guvohlarning ta’kidlashicha, yotoqxonada hammasi bo‘lib ellikka yaqin odam bo‘lgan. So‘nggi vaqtlarda izolyatsiya tufayli migrantlar uyni deyarli tark etmagan.

Yong‘in haqida ma’lumot favqulodda xizmatlarga soat 04:21 da kelib tushgan. Dastlab Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari, keyin shifokorlar voqea joyiga yetib borgan. Yog‘ochdan qurilgan ikkinchi qavat butunlay yonib ketgan. Uch nafar erkak va uch nafar ayol vafot etgan: ular birinchi qavatga qulab tushgan. Aniqlanishicha, halok bo‘lganlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, ularning yoshi taxminan 30 lar atrofida bo‘lgani aytilmoqda.

Hozirda tergovchilar migrantlarning Rossiya hududida bo‘lgani qonuniyligini tekshirmoqda. Bundan tashqari, tergovchilar uy egasini so‘roq qiladi.

Uy elektr uskunalar yordamida isitilgan, shuning uchun sodir bo‘lgan hodisaning asosiy versiyasi — simlardagi qisqa tutashuv. Halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmoqda. Hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, 20-aprel kuni Rossiyada turli baxtsiz hodisalar oqibatida vafot etgan 17 nafar fuqaroning jasadi O‘zbekistonga olib kelingan edi
Категория: Har-Hil | Просмотров:532 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь