• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 4 » Maykl Pompeo Xitoy kompaniyalari bilan raqobat va O‘zbekistonga kiritiluvchi investitsiyalar haqida so‘zlab berdi
15:57
Maykl Pompeo Xitoy kompaniyalari bilan raqobat va O‘zbekistonga kiritiluvchi investitsiyalar haqida so‘zlab berdi

3-fevral kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda Xitoy investitsiyalari bilan raqobat haqida so‘zlab berdi, deb yozadi Spot.
Associated Press jurnalisti Met Li Pompeoga davlat kotibi Markaziy Osiyoga tashrifi davomida Xitoy va uning investitsiyalarining ushbu mamlakatlarga ta’sirini tashvishlanib tilga olgani, ayniqsa Huawei tomonidan 5G texnologiyasi joriy etilishini alohida qayd etgani haqida eslatdi.

"Markaziy Osiyoning Xitoyga yaqinligi va ular (Markaziy Osiyo mamlakatlari) hali ham rivojlanib borayotgani va infratuzilmaga sarmoya kiritishga ehtiyojmandligi yuzasidan tashvishlanishga asos bormi?”, — deb so‘radi jurnalist.

Maykl Pompeo bunga javoban AQSh O‘zbekistonni shaffof qonun ustuvorligi va investitsiyalar uchun qulay muhit yaratishda qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

"Biz AQSh kompaniyalari O‘zbekistonda yangi imkoniyatlar va yangi ish o‘rinlari yaratishni davom ettirish imkoniga ega bo‘lishini istaymiz”,— dedi Pompeo.

"Shuning uchun bizning vazifamiz aniq, bu yerda buyuk ikki tomonlama sherik bo‘lish, nafaqat ikki tomonlama, balki ko‘p tomonlama asosda ishlash”, — deya so‘zlarini davom ettiradi Pompeo.

"Biz aminmizki, Amerika kompaniyalari O‘zbekistonga kelganida biz bu yerda mahalliy aholi uchun ish o‘rinlarini yaratamiz, mahalliy qoidalarga rioya qilamiz, atrof-muhitni ifloslantirmaymiz. Biz yaxshi fuqarolarmiz, biz yaxshi qo‘shnilarmiz. Amerika kompaniyalari va Amerika investitsiyalari ushbu mamlakatning mustaqilligi va suvereniteti talabiga javob”, — deydi Pompeo.

Shuningdek, u shtatlar dunyoning istalgan nuqtasida adolatli raqobatni ijobiy qarshi olishini ma’lum qildi.

"Boshqa davlatlar shaffoflik va ochiqlik qoidalariga rioya qilgan holda, davlat tomonidan homiylik qilingan siyosiy sabablarga ko‘ra emas, balki haqiqiy bozor bitimlarini amalga oshiradigan raqobat, — deya AQSh davlat kotibi ta’kidladi.

"Bunda davlat tomonidan siyosiy maqsadlarni ko‘zlab homiylik qilinadigan raqobat emas, balki boshqa davlatlar ham shaffoflik va oshkoralik qoidalariga rioya qilgan holda haqiqiy bozor bitimlarini amalga oshiradigan vaziyatdagi raqobatni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deydi Pompeo.

Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, u O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar mamlakatlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlikning yaxshi natijalari tufayli o‘sishda davom etishiga ishonch bilan mintaqani tark etadi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo 2-fevral kuni O‘zbekistonga keldi. U dastlab Toshkent shahar bosh imom xatibi Nuriddin Xoliqnazarov va boshqa diniy faollar bilan uchrashdi. Keyin esa O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muzokara o‘tkazdi. Ushbu muzokara chog‘ida AQSh Afg‘oniston bilan munosabatlarni mustahkamlash uchun O‘zbekistonga 1 mln dollar ajratishi ma’lum bo‘ldi.

Pompeo shuningdek Toshkentda "C5+1” shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etdi. Shundan so‘ng Maykl Pompeoni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:497 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:33
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829