• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 24 » Maktabdoshlari mazax qilayotgan Korona ismli bola Tom Xenksga xat yozdi. Aktyor bolani qo‘llab-quvvatladi va unga sovg‘a jo‘natdi
16:20
Maktabdoshlari mazax qilayotgan Korona ismli bola Tom Xenksga xat yozdi. Aktyor bolani qo‘llab-quvvatladi va unga sovg‘a jo‘natdi

Avstraliyalik 8 yoshli bola Korona De Vris ismi koronavirusga yaqin talaffuz qilingani sababli maktabdoshlari uni masxara qilayotganidan shikoyat qilib, aktyor Tom Xenksga xat yozdi. Bu haqda Angliyaning 7 news kanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, aktyor bolaning maktubini e’tiborsiz qoldirmagan, hatto unga sovg‘a ham yuborgan.

"Men siz va rafiqangiz virus yuqtirganingiz haqida eshitdim. O‘zingizni qanday his etyapsiz? Ismim o‘zimga yoqadi, lekin maktabdagilar meni koronavirus deb atayapti. Bundan men xafa bo‘lyapman, jahlim chiqyapti”, — deb yozadi Korona ismli bola.

Birozdan so‘ng Korona quyidagicha javobni oldi:

"Qadrli do‘stim Korona, sening maktubing rafiqam ikkimizni xursand qildi. Sening shunday yaxshi do‘st ekanliging uchun rahmat! Do‘stlar og‘ir damlarda bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi.

Men seni televizorda ko‘rdim, men allaqachon uyga — AQShga qaytgan va sog‘ayib ketgan bo‘lsam ham, sening maktubingdan so‘ng ahvolim yanada yaxshilandi. Bilasanmi, men biladigan yagona Korona ismli bola sensan”.

Shuningdek, Xenks bolaga sovg‘a jo‘natganini ham qo‘shimcha qilgan.

"O‘ylaymanki, senga ushbu yozuv mashinkasi yoqadi. Kattalardan uni qanday ishlatishni so‘ra va menga javobingni u yordamida yoz”, — deb yozgan aktyor.

Tom Xenks o‘z maktubini mashinkada yozgan, oxiridagi "Men sening do‘stingman! Yana bir bor rahmat!” degan so‘zlarni esa qo‘lda yozgan.

Gap Corona markasi ostida ishlab chiqarilgan yozuv mashinkasi haqida ketmoqda. Xenks koronavirusni yuqtirib olganida uning rasmini Instagram’dagi sahifasiga joylashtirgan edi. Tom Xenks va uning rafiqasi mart oyining boshida koronavirusni boshdan kechirgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:581 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:09
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь