• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 23
Гостей: 23
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 28 » Kuchli shamoldan so‘ng Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Samarqanddagi salkam 140 ming xonadon gazsiz qoldi
13:12
Kuchli shamoldan so‘ng Buxoro, Navoiy, Sirdaryo va Samarqanddagi salkam 140 ming xonadon gazsiz qoldi

Buxoro viloyatida 27-aprel oqshomida kuzatilgan kuchli shamol va yomg‘ir natijasida gaz quvurlari va gaz ta’minoti tizimining boshqa obyektlarida 120 dan ortiq avariya holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda "Hududgazta’minot” kompaniyasi.

Xususan, "Shofirkon-1”, "Shofirkon-2”, "Peshku-1”, "Peshku-2”, "Romitan-2”, "Romitan-3”, "Romitan-4”, "Jondor-1”, "Izvestkoviy”, "G‘ijduvon”, "Shofirkon-2” kabi gaz taqsimlash stansiyalari (GRS) va "G‘ijduvon”, "Olot” va "Qorako‘l” kabi yo‘nalishlar favqulodda o‘chirilgan.

138 mingdan ortiq xonadon vaqtincha gaz ta’minotidan uzilgan. Jumladan, Navoiy viloyatining Konimex, Navbahor, Qiziltepa, Karmana tumanlarida 21 557 ta, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 6 100 ta, Buxoro viloyatining Buxoro, Kogon, Romitan, Peshku, G‘ijduvon, Shofirkon, Qorovulbozor, Vobkent, Jondor, Qorako‘l va Olot tumanlarida 110 490 ta, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Ishtixon, Narpay tumanlarida 141 ta xonadon vaqtincha gazsiz qoldi.

Qayd etishlaricha, "Hududgazta’minot” kompaniyasining hududlardagi tarkibiy bo‘linmalarining tezkor tiklash guruhlari tabiiy ofat sababli zarar yetgan joylarda ta’mirlash ishlarini boshlab yubordi. Hududlar kesimida aholiga tabiiy gaz yetkazib berishni qayta tiklash to‘g‘risidagi ma’lumot qo‘shimcha ravishda taqdim etilishi ma’lum qilindi.

"Hududgazta’minot” kompaniyasi gaz ta’minoti tizimida nosozliklar, gaz sizib chiqishi yoki boshqa favqulodda vaziyatlar aniqlanganda, darhol avariya-dispetcherlik xizmatining 104 yoki 1104, 71 200-08-04 raqamlariga xabar berishni so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 28-aprelga o‘tar kechasi kuzatilgan kuchli shamol oqibatida Buxoro viloyatida salkam 30 kishi tan jarohati olgan, bir kishi halok bo‘lgan. Avvalroq "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” kompaniyasi ham kuchli shamol oqibatida yuzaga kelgan avariya holatlari sabab elektr ta’minotining favqulodda o‘chish holatlari yuz berayotganini ma’lum qilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:501 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:23
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь