• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 16 » Koronavirusga chalingan ilk bemor Uxandagi laboratoriya xodimi ekanligi ma’lum qilindi
12:21
Koronavirusga chalingan ilk bemor Uxandagi laboratoriya xodimi ekanligi ma’lum qilindi

Xitoyning Uxan shahrida koronavirus bilan kasallangan birinchi odam laboratoriya xodimi bo‘lib, u virusni ko‘rshapalakdan yuqtirgan, deb xabar bermoqda Amerikaning Fox News telekanali.

"Biz COVID-2019 bilan dastlabki kasallangan bemor Uxandagi ilmiy laboratoriya xodimi ekanligini aniqladik. U virusni ko‘rshapalakdan yuqtirgan. Keyinchalik aynan shu shaxs butun dunyo bo‘ylab odamlar o‘limiga sabab bo‘layotgan infeksiya tashuvchisi bo‘lgan”, — deyiladi telekanalning 15-aprel kuni namoyish etilgan efirida. Biroq xodim virusni qanday yuqtirib olganiga aniqlik kiritilmagan.

Manbaning ta’kidlashicha, ushbu laboratoriyaning maqsadi biologik qurol yaratish emas, balki Xitoyning virusni aniqlash va unga qarshi kurashish choralari AQShniki bilan teng yoki undan ustun ekanligini ko‘rsatish bo‘lgan.

Shuningdek, virus tarqalishi manbasi deb taxmin qilib kelinayotgan Uxandagi dengiz mahsulotlari sotiladigan bozorda esa hech qachon ko‘rshapalaklar sotilmagani aytilmoqda.

Avvalroq, Xitoy Tashqi ishlar vakili Chjao Litszyan koronavirusni Uxanga amerikalik harbiylar olib kelgan bo‘lishi mumkin degan fikrni bildirgan edi. U bu taxminni AQSh kasalliklarni oldini olish markazi rahbari Robert Redfild Vakillar palatasida so‘zlagan nutqiga asoslanib aytgandi. Robert Redfild o‘z nutqida grippdan vafot etgan bir necha amerikaliklarning jasadlari tekshirilganda ularning tanasida koronavirus topilganini aytgan.

Tramp Xitoyning koronavirus AQSh harbiylari tomonidan tarqalgani to‘g‘risidagi taxminini yolg‘on deb atagan. Shuningdek, Xitoyda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat dekabr oyida emas, 17-noyabrda aniqlangani ma’lum bo‘lgan.

Pentagon COVID-19 koronavirusi laboratoriya sharoitida emas, tabiiy usulda kelib chiqqan deb hisoblamoqda, ammo razvedkada bu borada yakuniy xulosalar yo‘q edi. AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo kelajakda koronavirus pandemiyasining aybdorlari topilishi kerakligini va Xitoy ushbu kasallik haqida vaqtida xabar bermaganini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, COVID-19 koronavirus infeksiyasi dastlab Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgandi. Joriy yilning 11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni pandemiya deb e’lon qilgandi.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 2 million kishidan, vafot etganlar soni 137 ming kishidan oshdi. Bu borada AQShda eng og‘ir vaziyat hukm surmoqda. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 639 ming kishidan, qurbonlari soni esa 30 ming kishidan oshib ketdi.

O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 1349 kishiga yetdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:537 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:59
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь