• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 6 » Koronavirusga chalingan 14 yoshli qashqadaryolikning yana bir opasi va ukasida ham xastalik aniqlandi
21:50
Koronavirusga chalingan 14 yoshli qashqadaryolikning yana bir opasi va ukasida ham xastalik aniqlandi

Qashqadaryoda koronavirus yuqtirib olgan 14 yoshli chiroqchilik bemorning yana bir opasi va ukasida ham xastalik aniqlandi. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Ayni paytda viloyatda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar 6 nafarga yetgan. Ular viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bemorlarning ahvoli o‘rta og‘ir darajada.

Viloyatda dastlab chiroqchilik 14 yoshli o‘smir mazkur infeksiyani poytaxtda yashaydigan qarindoshidan yuqtirib olgandi. So‘ng uning 36 yoshli otasi va 16 yoshli opasida ham xastalik aniqlandi va ular yashagan qishloq karantinga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, keyingi ikki bemor ham 14 yoshli bemorning 17 yoshli opasi va 8 yoshli ukasi. 56 yoshli oltinchi bemor esa Chiroqchi tumanining boshqa qishlog‘idan, u Toshkentdagi firmada ishlagan.

Aniqlanishicha, viloyatda dastlab 4872 nafar fuqaro karantinga olingan bo‘lib, ularning 3338 nafari epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lmagan davlatlardan kelgan. 125 nafari esa xorijlik fuqarolar bo‘lgan. 437 nafar fuqaro karantin muddatini o‘tab sog‘lomligi aniqlangach, yashash manziliga jo‘natilgan.

Viloyat bo‘yicha 1765 nafar fuqaro koronavirusga shubxa qilinib, uy sharoitidagi karantinga olingan. 328 nafar fuqaro statsionar sharoitda karantinda saqlanmoqda.

Ta’kidlash lozim, ayni kunda mamlakatimizda koronavirusga chalinganlar 397 nafarni tashkil etmoqda. Shu kungacha 30 nafar bemor sog‘aydi. Ikki kishi vafot etdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:588 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:23
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь