• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 23 » Koronavirusdan bonus. Karantin sabab atmosferaga tashlanayotgan karbonat angidrid rekord darajada kamaydi
11:31
Koronavirusdan bonus. Karantin sabab atmosferaga tashlanayotgan karbonat angidrid rekord darajada kamaydi

Avvaliga Kioto protokoli, keyin esa tarixiy deb baholangan 2015-yilgi Parij kelishuvlari, 2019-yilgi xalqaro sammitlar va kelishuvlar orqali rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar rahbarlari iqlim o‘zgarishlariga qarshi umumiy choralar ko‘rishga ahd qilgan edi. Lekin ularni harakatsizlikda ayblab chiqqan Greta Tunberg singari ekofaollarning sa’y-harakatlari ham, turli mamlakatlarning naridan-beri ko‘rgan chora-tadbirlari ham atmosferaga issiqxona gazlarining tashlanishi miqdorini sezilarli kamaytirishga olib kelgani yo‘q.

Aksincha, atmosferaga chiqarilayotgan uglerod oksidlari miqdori yildan yilga baribir ortib bormoqda va 2020-yilda ham tashlama gazlar miqdori o‘tgan yilga nisbatan bir foizga ortishi prognoz qilingan edi. Lekin ushbu sohaga oid prognoz va tahlillar bilan shug‘ullanuvchi Carbon Brief axborot-tahliliy portalining keltirgan katta hajmli hisobotida qayd qilinishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan xalqaro vaziyat oqibatidan yil yakuniga ko‘ra butun sayyoramiz miqyosidagi karbonat angidrid (CO2) tashlamalari miqdori 5,5 foizga kamayar ekan. Mana buni haqiqatan ham tarixiy natija desa bo‘ladi.

Koronavirus sayyoramizga o‘ziga xos bonus taqdim qilmoqda. Bu degani Yer atmosferasi taxminan 5-6 foiz issiqxona gazlaridan xalos bo‘lmoqda. Ya’ni Uxan koronavirusi hammasini boshqa o‘zanga burib yubordi. Pandemiya tufayli jahon bo‘ylab zavod va fabrikalarning ishlab chiqarishdan to‘xtashi, avtomobillar harakatining yo‘q darajaga tushib ketishi, aviaparvozlar va temiryo‘l qatnovlari favqulodda qisqarishi natijasida hozirning o‘zida atmosferaga chiqarilayotgan CO2 gazi miqdori rekord darajada kamaydi!

Hisob-kitoblarga ko‘ra, birgina Yevropa qit’asi karantinda o‘tirgani bois atmosferaga tashlanayotgan CO2 gazi miqdori uch oy avvalgiga nisbatan 42 foizga qisqargan bo‘lsa, transportdan chiqayotgan zaharli tutunlar miqdori esa tarixda misli ko‘rilmagan 22 foizgacha kamaydi! Xitoy uchun qilingan xuddi shunday tahlillarning ko‘rsatishicha, mamlakat karantinda o‘tirgan vaqtda atmosferaga chiqariladigan CO2 miqdori 25 foizga kamaydi.

Tahlillar jahon miqyosidagi uglerod oksidlari tashlamalarining qariyb 75 foizini chiqaradigan yirik mamlakatlar – AQSh, Xitoy, Hindiston va Yevropa Ittifoqi hamda jahon neft qazib olish sektori bo‘yicha olingan so‘nggi ma’lumotlarga tayangan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu to‘rt davlat va neft sektorining o‘zidagi pandemik inqiroz natijasida atmosferaga chiqarilayotgan CO2 hajmi ikki milliard tonnagacha qisqarmoqda. Bu esa yuqorida aytilgan 5,5 foiz umumiy qisqarishni taqdim etadi.

Bu XVIII asrdan buyon faqat va faqat o‘sayotgan tashlama gazlar miqdorining ikki asrlik muddatdagi birinchi marta shu darajada katta qisqarishidir. Taqqoslash uchun keltirilishicha, atmosferaga CO2 tashlanishining bundan avvalgi eng yirik qisqarishi 1939–1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi paytiga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda urush tufayli yirik ishlab chiqarishlarning to‘xtashi oqibatida yillik issiqxona gazlari chiqarilishi hajmi 845 million tonnaga kamaygan. 2008–2009-yillardagi global iqtisodiy inqiroz tufayli kelib chiqqan turg‘unlik tufayli 440 million tonna uglerod oksidi atmosferaga tashlanmay qolgan bo‘lsa-da, undan keyingi kuzatilgan keskin iqtisodiy o‘sish natijasida bu ko‘rsatkich yana qayta 1,61 milliard tonnaga ko‘tarilib qoldi.

Biroq bu bilan xursand bo‘lishga hali erta. Iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha qabul qilingan yakuniy maqsad – global harorat isishini o‘rtacha 1,5 darajadan oshirmaslik uchun uglerod oksidlari miqdorining ushbu 5,5 foiz qisqarishi baribir kamlik qiladi. Eslatib o‘tamiz, global iqlim isishining oldini olish uchun atmosferaga yillik uglerod oksidlari tashlamasini 7,6 foizga qisqartirish talab etiladi. Buning uchun joriy o‘n yillikda uglerod oksidlari chiqarilishi miqdori 2,8 milliard tonnaga kamaytirilishi lozim va shunda ilish darajasini o‘sha 1,5 daraja atrofida to‘xtatilishiga olib kelishi mumkin. Buning uchun esa 2030-yilga borib global miqyosda atmosferaga chiqarilayotgan tashlama gazlar hajmi 2010-yildagiga nisbatan 45 foizga qisqartirilishiga erishish kerak.

Albatta, ekspertlar keyingi o‘n yillikda yuqorida aytilgan marraga haqiqatan ham erisha olinishiga katta shubha bildirdi. Buning uchun ishlab chiqarish hajmlarini kamaytirmagan holda uglerod oksidi tashlamalarisiz ishlaydigan texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy qilish kerak bo‘ladi. Shunday qilish kerakki, bir birlik yalpi ichki mahsulot hajmiga to‘g‘ri keladigan uglerod oksidi tashlamasini imkon qadar minimumga tushirish kerak bo‘ladi. Agar atmosferaga zararli gazlar chiqarmaydigan sanoat texnologiyalariga o‘tilmasa, keyingi yillarda chiqariladigan uglerod oksidlari miqdori 2040-yilgacha har yili 15 foizdan ortaverishi mumkin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:562 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:05
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь