• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 13 » Koronavirus va futbol: Qoldirilgan APL, YChL va Yevropa Ligasi, virus yuqtirgan Arteta va Hadson-Odoi haqida so‘nggi ma’lumotlar
16:18
Koronavirus va futbol: Qoldirilgan APL, YChL va Yevropa Ligasi, virus yuqtirgan Arteta va Hadson-Odoi haqida so‘nggi ma’lumotlar

Koronavirus pandemiyasi futbol bo‘yicha ko‘plab musoabaqalarning bekor bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Quyida koronavirusning futbolga ta’siri borasidagi so‘nggi ma’lumotlar taqdim etiladi.

UEFA tashkiloti Yevropaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli ikki musobaqasi Chempionlar Ligasi hamda Yevropa Ligasining kelasi hafta bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan bahslarini noma’lum muddatga qoldirdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

Unga ko‘ra, Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan javob bellashuvlari 17—18-mart kunlari bo‘lib o‘tmaydi. Shuningdek, Yevropa Ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan 19-mart kungi bahslar ham o‘tkazilmaydi. O‘yinlar ko‘chirilishi munosabati bilan yevrokuboklarning 1/4 finaliga qur’a tashlash marosimi ham qoldirildi.

Yevro—2020 ham qoldiriladi

2020-yil yozida Yevropaning 12 ta davlatida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan futbol bo‘yicha Yevro—2020 musobaqasi ham qoldirilishi kutilmoqda. Bu borada yig‘ilish 17-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Unda musobaqani 2021-yil yoziga ko‘chirilishi haqida e’lon qilinadi.

Janubiy Amerikaning eng nufuzli musobaqasi  — Libertadores Kubogi o‘yinlari ham qoldirildi

Koronavirus tufayli yuzaga kelgan vaziyat sabab СONMEBOL ushbu qarorni qabul qilgan. Yaqin haftalar ichida musobaqa taqvimiga o‘zgartirish kiritiladi. 15—21-mart sanasida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan bahslar noma’lum muddatga qoldirilgan.

Niderlandiya va Chexiyada ham chempionatlar qoldirildi

Futbol bo‘yicha Chexiya va Niderlandiya chempionatlari koronavirus tufayli vaqtincha to‘xtatildi.

Chexiya hukumati 30 dan ortiq kishi ishtirok etadigan tadbirlarni man qildi. Shu sababli Chexiyada ko‘plab tadbirlar qatori sport bellashuvlari ham qoldirilgan. Chexiyada ayni damda 91 kishi virus bilan zararlangan, hozircha qurbonlar yo‘q.

Niderlandiyada ham futbol chempionati kamida 31-martga qadar qoldirilgan. Hukumat shu qarorga kelgan.

Mamlakatda COVID-19 virusiga chalinganlar soni 503 nafarni tashkil etmoqda, 5 kishi vafot etgan.

"Arsenal” bosh murabbiyi va "Chelsi” hujumchisida koronavirus aniqlandi

"Arsenal” futbol klubining bosh murabbiyi Mikel Arteta va "Chelsi” hujumchisi Kallum Hadson-Odoi koronavirusga yo‘liqdi. Shuningdek, "Everton”ning nomi oshkor etilmagan o‘yinchisi ham virusni yuqtirib olganini klub matbuot xizmati tasdiqladi. Mersisayd klubi bayonotiga ko‘ra, jamoadagi barcha personallar izolyatsiyaga olingan.

Angliya chempionatlari ham qoldirildi

APL rasmiy sayti futbol bo‘yicha mamlakat chempionatlari to‘xtatilganini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Premyer Liga, Chempionship, Liga 1, Liga 2 musoabaqalari noma’lum muddatga qoldirildi.

Fransiyada ham chempionatlar to‘xtatildi

Fransiya Professional futbol ligasi direktorlar kengashi pandemiyaga aylangan koronavirus sabab futbol bo‘yicha Liga 1 hamda Liga 2 musobaqalarini to‘xtatdi.

Germaniyada ham futbol o‘yinlari o‘tkazilmaydi

Nemis futbol ligasi rahbariyati ham 16-mart kuni Germaniyaning futbol bo‘yicha yuqori ikki divizioni o‘yinlarini 17-martdan 2-aprelga qadar to‘xtatib turish bo‘yicha qaror qabul qilishi kutilmoqda.

Ispaniyada "Leganes” bosh direktori koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi

"Leganes” klubi bosh direktori Martin Ortegada ham virus aniqlangan. U bilan aloqada bo‘lgan barcha izolyatsiga olingani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada futbol mavsumining hozir to‘xtatib qo‘yilishi klublarning 678,4 million yevro yo‘qotishiga olib keladi.

Qozog‘iston chempionatida o‘yinlar muxlislarsiz o‘tkaziladi

Qozog‘iston futbol federatsiyasi mamlakat chempionati va kubogi bahslari bo‘m-bo‘sh stadionda o‘tkazilishi haqida bir qarorga keldi. Ushbu qaror futsal, plyaj, ayollar va bolalar, yoshlar, havaskorlar futboliga ham taalluqli.
Категория: Har-Hil | Просмотров:510 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031