• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 23 » Koronavirus sabab ro‘za tutmaslikning hukmi qanday? – COVID-19 ga oid fatvolar e’lon qilindi
10:46
Koronavirus sabab ro‘za tutmaslikning hukmi qanday? – COVID-19 ga oid fatvolar e’lon qilindi

Kecha, 23 aprel kuni Al-Azhar xalqaro elektron fatvo markazining koronavirusga oid fatvolari e’lon qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabar bermoqda.

Jumladan, koronavirus sabab ro‘za tutmaslikning hukmi haqida quyidagicha fatvo berildi.

Azharning xalqaro elektron fatvolar markazi shifokorlar yangi turdagi koronavirusni oldini olishga qaratilgan choralar sifatida insonning og‘zi kun bo‘yi nam holda turishligi zarur degan tavsiya berganda Ramazon ro‘zasini tutish hukmi bo‘yicha savolga feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali javob berdi.

Unda keltirilishicha, agar kasallikka chalinmagan bo‘lsa, musulmonga Ramazon oyida og‘iz ochish mumkin emas. Lekin shunga qaramay shifokorlar ro‘za koronavirusga chalinish va u orqali halok bo‘lish xavfini kuchaytiradi degan taqdirda va bu narsa ilmiy jihatdan o‘z tasdig‘ini topganda, ro‘za tutmaslik mumkin bo‘ladi. Biroq bu narsa hozirgacha ilmiy tasdig‘ini topgan emas.

Koronavirus pandemiyasi davom etgan taqdirda tarovih namozlarining hukmi qanday?

Mashhur Islom da’vatchisi Mabruk Atiyyaga ko‘ra tarovih namozlarini uyda ado etish masjidlarda ado etishdan afzaldir. Chunki tarovihning hukmi sunnat bo‘lib, sunnatlarni uyda ado etish masjidda ado etishdan yaxshiroqdir. Olimning ta’kidlashicha, yig‘ilish musulmonlarga zarar yetishiga sabab bo‘ladigan bo‘lsa, namoz uchun yig‘ilmaslik kerak. Koronavirus sababli masjidlar farz namozlari uchun yopilgan bir paytda sunnat namozlar uchun ochilmasligi o‘z-o‘zidan tushunarli.

Koronavirusga qarshi duo uchun to‘planishlarning hukmi

"Misr fatvo uyi” hozirda fuqarolarni koronavirus tarqalmasligi uchun har qanday to‘planishga chorlashdan ogohlantirdi.

Fuqarolarni ko‘chada yoki boshqa biror joyda har qanday maqsadda va har qanday sabab bilan to‘planishga bo‘lgan barcha chaqiriqlar shar’an harom va buzg‘unchilikdir. Ushbu chora-tadbirlarga amal qilmagan har bir shaxs shar’an gunohkordir.

Virus yuqishidan qo‘rqib kursiga o‘tirib namoz o‘qish hukmi

Shayx U’vayda Usmon (dorul ifto bosh kotibi): koronavirus yuqishidan qo‘rqib kursiga o‘tirib namoz o‘qish mumkin emas. Musulmon kishi uchun zarur ehtiyot choralarini ko‘rishgina vojib bo‘ladi.

Masjid yopilganda uning tashqarisida juma namozini o‘qish hukmi

Masjid yonida yo maydonlarda yoki binolarning tomida yoki yopilgan masjid ichida kamchilik kirib olib, ustilaridan qulflab juma yoki boshqa jamoat namozlarini ado etib, masjidlarda jamoat va juma namozlarini ado etmaslik qaroriga amal qilmaslik hech kimga joiz emas.

Uyda televizor yoki radio orqali namoyish qilinayotgan namozdagi imomga iqtido qilib namoz o‘qish joizmi?

Televizor yoki radio orqali namoyish qilinayotgan juma yoki boshqa namozga iqtido qilib namoz o‘qish hech kim uchun joiz emas.

Faqirlarning ehtiyoji sabab zakotni o‘z vaqtidan oldin chiqarish hukmi

Misr fatvo uyi: zakot aslida o‘z vaqtida chiqariladi. Kambag‘al yoki biror shunga haqli bo‘lgan muhtojning ehtiyojidan kelib chiqib bir yoki bir necha yilning zakotini avvaldan chiqarish mumkin, bunga hech qanday shar’iy mone’lik yo‘q.

Kasallik va vaboni istehzo qilish va uni mensimaslik

Azhar markazi feysbuk orqali: masxara va istehzo shariat qaytargan ishlardan bo‘lib, balo, ofat va musibatlar vaqtida insonlardan bu kabi qiliqlarning sodir etilishi to‘g‘ri emas. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va dunyo davlatlari sog‘liqni saqlash vazirliklarining ushbu vabo vaqtida ehtiyot va profilaktik choralari sifatida bayon qilayotgan yo‘l-yo‘riqlari masxara qiladigan, dindagi bid’at yoki nosog‘lom aql bilan qilinayotgan ishlar emas. Aksincha, dinimiz 1400 yil avval bu kabi ishga bizni chorlagan. Jumladan, hadisi sharifda 

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: "Biror yerda vabo chiqqanini eshitsangiz u yerga bormang, agar siz turgan yerda vabo tarqasa u yerdan qochib chiqmang”, deganlar (Imom Ahmad rivoyati).

Kiyimlarga tarkibida spirti bo‘lgan moddalarni surish va ularda namoz o‘qish
Badan yoki kiyimga tarkibida spirt bo‘lgan moddani tozalash yo virus va bakteriyalardan himoyalanish uchun surib namoz o‘qish joiz.
Категория: Har-Hil | Просмотров:535 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь