• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 3
Гостей: 3
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 30 » Koronavirus atrofida: “qora o‘lat”, pandemiya nazoratini kuch ishlatar tizimlarga berish to‘g‘rimi?
20:25
Koronavirus atrofida: “qora o‘lat”, pandemiya nazoratini kuch ishlatar tizimlarga berish to‘g‘rimi?

Hozirda butun dunyo diqqat markazida koronavirus infeksiyasi xavfi turibdi. Barcha davlatlar o‘z e’tiborini kasallik tarqalishining oldini olishga qaratmoqda. Ya’ni, uni izolyatsiya qilish (ajratish) orqali tarqalish tarmog‘ini uzish choralarini ko‘ryapti. Bu yo‘lda chegaralar yopildi, ko‘chalarda harakatlar to‘xtatilyapti, o‘zaro salomlashish tartibi o‘zgardi va boshqa choralar qo‘llanilyapti. Hukumatlar kasallikni (COVID-19) pandemiya darajasiga ko‘tarishdi.

Pandemiya o‘zi nima va "qora o‘lat” dahshati haqida eshitganmisiz?

Pandemiya so‘zi lotincha "pan” – hamma, "demos” – odamlar, xalq so‘zlaridan olingan bo‘lib, odatda biror kasallikning yoppasiga turli millatlar, davlatlar, qit’alar bo‘ylab tarqalishida ishlatiladi. Insoniyat o‘z tarixida sanoqli pandemiyalarni boshdan kechirgan. Ulardan eng dahshatlisi "qora o‘lat” (vabo) nomi bilan Yevroosiyoda 1347-1351 yillar oralig‘ida tarqalgandi. O‘sha vaqti vabodan Yevroosiyo davlatlarida jami 75-200 million oralig‘ida inson qirilib ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘lat O‘rta Osiyo yoki Sharqiy Osiyoda paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. O‘sha vaqti Buyuk ipak yo‘lining g‘arbiy qismi orqali Qrimga kirib kelgan,  u yerdan tijorat kemalaridagi kalamushlar kasallikni O‘rta yer dengizi qirg‘og‘idagi davlatlarga tarqatgan bo‘lishi mumkin va shu bilan kasallik Yevropa mintaqasiga kirib kelgan deb faraz qilinadi. Vabo pandemiyasi natijasida Yevropa aholisi 30-60 foizgacha kamaygan, o‘sha vaqti dunyo aholisi tahminan 475 millionni tashkil qilgan bo‘lsa, 4 yil ichida ko‘rsatkich 350-375 millionga kamaygan deb aytishadi. Kasallikdan so‘ng Yevropa aholisi 200 yil davomida avvalgi aholi soni miqdoriga yeta olmadi.

Ayni vaqtda OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) kasalligi ham pandemiya darajasidagi kassallik hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (WTO) ko‘ra, 2018 yilning o‘zida bu kasallikdan dunyo bo‘ylab 770 mingdan ortiq odam vafot etdi. Uning davosi hozircha yo‘q. Biroq tarqalmasligining oldini olish choralari belgilangan. Kasallik qon orqali o‘tishini hisobga olsak, uning tarqalishi oldini olish mumkin. 

Koronavirus ham yuqoridagi kasalliklar singari keng miqyosda tarqalgani sababli pandemiya darajasiga ko‘tarildi. Ushbu virus 15 mart kuni O
‘zbekistonga ham kirib keldi. Shu kuniyoq Bosh vazir karantin holati haqida xabar qilib, Hukumat oldidagi vazifalarni belgilab berdi. O‘zi bungacha bunday holatlarni qaysi qonunlar tartibga solardi? 

Epidemiya (pandemiya) nazoratiga kuch ishlatar tizimlar ham jalb etilishi mumkinmi?

2015 yilda O‘zbekiston Respublikasining "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan. U yerda epidemiya vaqtida (bu pandemiya holatiga ham taaluqli) qaysi davlat tashkilotlari qanday vakolatlarga ega, ularning huquq va majburiyatlari nimalardan iborat, dezinfeksiya tadbirlari kim tomonidan amalga oshirilishi va boshqalar haqida tushuntirishlar berib o‘tilgan.

Vazirlar Mahkamasi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashda quyidagi vakolatlarini amalga oshiradi:

•    ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;

•    aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi;

•    davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi va boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Shuningdek, hokimliklar ham o‘z hududi doirasida mazkur qonunga muvofiq o‘z vakolatlarini olib boradi.

O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarning ayrim foydalanuvchilari karantin holatini nazorat qilishga DXX, Milliy gvardiya kabi kuch ishlatar tizim xodimlarining jalb qilinganiga o‘z e’tirozlarini bildirmoqda. Vaholanki, e’tirozlar o‘rinsiz. Chunki, Qonunning 8-moddasida davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi davlat tashkilotlari ro‘yxati keltirilgan. 

Ular:

•    O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hamda shaharlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari;

•    O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining tegishli tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi. 

Davlat sanitariya nazorati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boshqa vazirliklar va idoralarning tegishli tarkibiy bo‘linmalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachini kim tayinlaydi?

O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi. U quyidagi vakolatlarni amalga oshiradi:

•    sanitariya-epidemiologiya xizmatiga rahbarlik qiladi, davlat sanitariya nazoratining asosiy vazifalarini va uni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;

•    sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini tasdiqlaydi;

•    atrof-muhit omillarining inson organizmiga ta’sirini aniqlashga doir normativ-texnik hujjatlarni tasdiqlaydi;

•    profilaktik emlashlarning milliy taqvimini va epidemik ko‘rsatkichlar bo‘yicha profilaktik emlashlar o‘tkazish tartibini tasdiqlaydi;

•    odamlarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan, aholining yashashi va xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanadigan hududlarni belgilaydi;
•    yuqumli va parazitar kasalliklarning kirib kelishi hamda tarqalishidan hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilishga doir tadbirlarni muvofiqlashtirib boradi;
•    atrofdagilar uchun xavf tug‘diruvchi yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo‘lishi hamda tarqalishi xavfi bo‘lgan taqdirda tegishli sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar o‘tkazish to‘g‘risida qarorlar chiqaradi;

•    yangi oziq-ovqat qo‘shimchalarini, maxsus qo‘shiladigan biologik faol moddalarni, kimyoviy moddalarni, biologik vositalar va materiallarni, polimer va plastik massalarni, atir-upa va pardoz mahsulotlarini toksikologiya-gigiyena jihatidan baholash asosida ularning O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilishi va ishlab chiqarilishi uchun ruxsatnomalar beradi;

•    respublika va mahalliy epidemiya fondlaridan hamda sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar uchun ajratiladigan moddiy-texnika resurslaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

•    sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalarining qarorlariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslari harakatlariga (harakatsizligiga) doir shikoyatlarni ko‘rib chiqadi;

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydi.
Fuqarolarning sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?

Fuqarolar davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat va insonning yashash muhiti holati to‘g‘risida axborot olish huquqiga ega. Ular yuqoridagi mas’ul tashkilotlarga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritishi mumkin. 

Shuningdek, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlari oqibatida o‘z sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi huquqiga ega hisoblanadi. Fuqarolar aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi hamda boshqa fuqarolarning sog‘liqni saqlash va qulay yashash muhitiga bo‘lgan huquqlari buzilishiga sabab bo‘luvchi harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi shart.

Dezinfeksiya ishlarini kim va qaysi mablag‘ga amalga oshiradi?

Aholining va alohida shaxslarning sog‘lig‘i hamda kasallanish holatini maxsus ekspertiza qilishning sanitariya-gigiyenik turlari va boshqa 
turlari, shuningdek loyiha hujjatlarining, texnik hujjatlarning hamda boshqa hujjatlarning, uskunalarning, asboblar hamda apparatlarning, kimyoviy moddalarning, turli birikmalarning, materiallar va muhitlarning, oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarining, sanoat buyumlarining, radioaktiv materiallarning, radiatsiyaviy texnikaning ekspertizalari davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari, ilmiy-tadqiqot, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan buyurtmachining mablag‘lari hisobidan o‘tkaziladi.

Maxsus ekspertizalarni o‘tkazish tartibi, buyurtmachilarning, ekspert muassasalarining hamda ekspertlarning huquq va majburiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi. Yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishining oldini olish, ularning doirasini kamaytirish hamda ularni bartaraf etish maqsadida, epidemik ko‘rsatkichlar bo‘yicha dezinfeksiya tadbirlari — davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar tomonidan, profilaktik dezinfeksiya tadbirlari — yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida dezinfeksiya stansiyalari tomonidan o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 30 mart kuni soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4 taga ortib, 149 nafarni tashkil etmoqda. Kasallanganlarning 7 nafari sog‘aydi, ikki kishi vafot etdi.  
Категория: Har-Hil | Просмотров:591 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:32
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031