• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 24 » Kim Chen In uch hafta ichida birinchi bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi
13:42
Kim Chen In uch hafta ichida birinchi bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi

KXDR yetakchisi Kim Chen In uch haftalik tanaffusdan so‘ng, yana jamoatchilikka ko‘rinish berdi, deb yozadi Bloomberg.

Mamlakat yetakchisi Koreya Mehnat partiyasining Markaziy harbiy qo‘mitasida yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilishda milliy mudofaa kuchlarini mustahkamlash borasidagi masalalar muhokama qilingan. Shuningdek, Kim Chen In ichki va tashqi siyosat vositalari yordamida yadroviy urushdan saqlanish masalasini ko‘targan.

Biroq majlis qaysi sanada o‘tkazilgani ma’lum qilinmagan. Koreya markaziy telegraf agentligi Shimoliy Koreya yetakchisining suratini, shuningdek, 23-may kuni imzolangan buyruqlarni e’lon qilgan.

22-may kuni Yonhap agentligi Kim Chen In oxirgi uch haftadan beri jamoatchilikka ko‘rinish bermagani haqida yozgandi. Janubiy Koreya birlashgan vazirlik vakili Yo Sang-Ki hukumat qo‘shni davlatdagi vaziyatni diqqat bilan kuzatayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining o‘rtalarida CNN telekanali AQSh KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i jarrohlik amaliyotidan so‘ng yomonlashgani to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlarini o‘rganayotganini ma’lum qilgandi. Daily NK’ning yozishicha, Kim Chen Inda 12-aprel kuni yurak-qon tomir tizimiga bog‘liq jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Biroq AQSh prezidenti Donald Tramp Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar xato ekanligini bildirib, CNN’ga doim ham ishonavermasligini aytgan. 27-aprel kuni Janubiy Koreya prezidenti maslahatchisi KXDR yetakchisi soppa-sog‘ ekanligini ma’lum qilgan. 2-may kuni esa Shimoliy Koreyada hukmron Mehnat partiyasining matbuot organi bo‘lgan Rodong Sinmun gazetasi Kim Chen Inning o‘g‘it zavodi ochilishida tushgan fotosuratlarini e’lon qilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:543 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:11
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь