• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 3 » Kim Chen In nima uchun Shimoliy Koreyada koronavirus yo‘qligini izohladi
11:59
Kim Chen In nima uchun Shimoliy Koreyada koronavirus yo‘qligini izohladi
Shimoliy Koreya xalqining va Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasining hamjihatligi sharofati bilan koronavirus infeksiyasi mamlakat hududida tarqalmadi. Bu haqda KXDR yetakchisi Kim Chen Inga tayanib, "RBK” xabar berdi.

2-iyul kuni Kim Chen In KXDR Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida ishtirok etib, hukmron partiyaning Markaziy qo‘mitasini uzoqni ko‘ra bilishi va butun xalqning ongli ravishda birdamligi Shimoliy Koreyada COVID-19’ning tarqalmasligiga sabab bo‘lganini ta’kidlagan.

Kim Chen In so‘nggi yarim yilda mamlakatda epidemiologik holat bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni tahlil qilib, sog‘liqni saqlash sohasidagi jahon inqiroziga qaramay, Shimoliy Koreya virusning o‘z hududiga kirishini to‘liq to‘sib qo‘yganini ma’lum qildi.

Shimoliy Koreya hukumatining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmagan. Mart oyida esa Janubiy Koreyaning JoongAng Ilbo nashri o‘z manbasiga tayanib, KXDR koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birinchi holat qayd etilganini yozgandi.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya pandemiya sabab fevral oyidayoq Rossiya bilan temiryo‘l qatnovlarini uzib qo‘ygan edi. AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo KXDRda koronavirus tarqalishi va ocharchilik boshlanishini prognoz qilgandi. May oyining o‘rtalarida koronavirus rasman aniqlanmagan KXDR epidemiyaga qarshi kurash uchun yordam qabul qilishni boshlagan, oradan ko‘p o‘tmay mamlakatda xorijliklar uchun joriy qilingan bir qator cheklovlar olib tashlanishi ma’lum bo‘lgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:430 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:23
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031