• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 10 » “Kechirasizlaru, bu katta haqorat”. Saloh misrlik rahbarlar qaroriga nega qarshi chiqmoqda?
13:11
“Kechirasizlaru, bu katta haqorat”. Saloh misrlik rahbarlar qaroriga nega qarshi chiqmoqda?

Jahon chempionati startiga kam vaqt qolgan bir payt "Liverpul” safiga qo‘shilgach, Afrika futboli bosh yulduziga aylangan Muhammad Saloh va Misr futbol assotsiatsiya rahbariyati o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi.
 
Buning sababi juda oddiy - mutasaddilar milliy jamoa samolyotini bezashda futbolchining suratidan foydalanishgan, ammo ko‘ngil uchun ruxsat so‘rashni unutishgan yoki shunchaki, uni pisand qilishmagan...
 
Imidj uchun kurash
 
Aslida voqyea tarixi ancha chigal: Salohning imidj huquqlarini himoya qiluvchi 2  ta firma bor. Ulardan biri Buyuk Britaniyada faoliyat yuritib, Yevropadagi ishlarni nazorat qiladi. Bu firmada direktor futbolchining o‘zi. Boshqacha ifoda etsak, Muhammad Salohning shaxsan o‘zi reklamada suratidan foydalanishlariga ruxsat berishi yoki buni taqiqlashi mumkin.
 
Ikkinchi firma esa Buyuk Britaniya tashqarisidagi ishlarga mas'ul. Ya'ni futbolchining boshqa mamlakatlar kompaniyalari bilan tuzgan shartnomalarini nazorat ostiga oladi. U Salohning shaxsiy agenti Rami Abbosga tegishli. Qisqasi, barcha kelishuvlar shu firma orqali rasmiylashtiriladi.
 
Mohiyatan olganda, misrlik goleador Abbosning shartlarini qabul qilgan va firma ishlariga uncha aralasha olmaydi. Gapning indallosi, mamlakat futbol assotsiatsiya Salohning ulkan surati va tashkilot rasmiy homiysi logotipi tasvirlangan samolyot taqdimotini o‘tkazgach, aynan Abbos darhol "ish”ga tushdi. U birinchi navbatda, assotsiatsiyaga ketma-ket 3 ta e'tiroz xati yubordi. Da'voga ko‘ra, futbol mutasaddilari firma mijozi suratidan foydalanish uchun ruxsat so‘rashmagan. Birinchi maktubda yozilishicha, assotsiatsiya boshlig‘i Xani Abu Rida 2017 yili to‘g‘ridan-to‘g‘ri Salohga qo‘ng‘iroq qilib, tashkilot homiylariga xayrixohlik bildirishini iltimos qilgan.
 
Biroq milliy jamoa yetakchisi Buyuk Britaniya tashqarisida imidj huquqlarini Abbosga tegishli firmaga sotgani va uning ishlariga zinhor aralasholmasligini bayon etgan. Umuman, agentning bu maktubi ham, keyingilari ham javobsiz qoldirilgan. Natijada o‘rtada kelishmovchilik paydo bo‘ldi. Shu joyda masalaning nozik jihatini ta'kidlash o‘rinli: Misr futbol assotsiatsiyasi homiylaridan biri (telekommunikatsion kompaniya) aynan Saloh hamkorlik qilayotgan firmaning raqobatchisi sanaladi. Shuni e'tiborga olsak, mojaroning asl mohiyati tayin.
 
Salohning o‘zi qanday munosabatda?
 
Futbolchi avvalgi hafta Twitter orqali o‘z pozitsiyasini ma'lum qildi: "Kechirasizlaru, bu katta haqorat... Aslida masala tezda ijobiy hal etilishini kutgandim. Biroq bunday bo‘lgani yo‘q”. U shuningdek, ushbu ko‘ngilsizlikda shaxsiy agentini to‘la qo‘llab-quvvatlashini yashirmadi. Misr futbol assotsiatsiyasidan qandaydir sado chiqmagach, Rami Abbos ham rasmiy bayonot bilan chiqishni lozim topdi. "Muammoni hal qilish mumkinmi? Mumkin, albatta. Biroq assotsiatsiya vakillari biz bilan hattoki, aloqa o‘rnatishni ham xayollariga keltirishmayapti. Hyech qanday gap yo‘q!
 
Mutlaq sukunat! Xo‘sh, rejalari nima? - deb yozdi agent Twitter’dagi sahifasida.
 
- Ko‘rib turibmizki, tekin reklama ishtiyoqmandlari safi kun sayin kengaymoqda. Vaholanki, Salohning barcha imidj huquqlari bizga tegishli va bundaylar firmamizdan ruxsat olishlari shart. O‘zi futbol mutaxassislari ziddiyat orqali nimaga erishmoqchilar? Bir qarashda, buning oqibati ularni zarracha qiziqtirmayapti, hammasi baribirdek, go‘yo”. Saloh va Abbosning shu gaplaridan keyingina Misr sport vaziri Xolid Abd Abdul Aziz oraga tushib, har ikki tomon bilan uchrashish asnosida bahsli holatga tezda nuqta qo‘yishga va'da berdi.
 
"Saloh – misrlik yoshlarning chin kumiri. Muhimi, u o‘z vatanini juda yaxshi ko‘radi va Misr dovrug‘ini butun Yevropaga yoymoqda”, - deya fikrini bayon etdi davlat arbobi Twitter’dagi sahifasi orqali.
 
Biroq ma'lumotlarga ko‘ra, kelishmovchilik jiddiy tus olishi ham hech gap emas. Har holda, futbolchining agenti voqyealarning har qanday rivojiga tayyor turish kerakligiga sha'ma qilishdan ham tiyilmadi. Misrning KingFut portali hattoki, Saloh shu mojaro tufayli jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkinligini taxmin qildi.
 
Lekin mamlakatda muxlislar xotirjam - ular hujumchi har qanday holatda futbolni, vatan sharafini birinchi o‘ringa qo‘yishiga shubhalanishmayapti. Umuman, Rossiya mundiali startiga hali vaqt bor va kelishmovchilikni yaxshilikcha hal etishga hech narsa xalaqit bermaydi.
 
Ha, futbolchining gaplari ba'zi fanatlarni junbushga keltirgani ham rost. Misol uchun, ijtimoiy tarmoqlarda Support_Mohamed_Salah nomi ostida xeshteg paydo bo‘ldi va unda hamma Misr futbol assotsiatsiyasini tanqid qilib, Salohni qo‘llab-quvvatlamoqda.
 
Eslatma, ehromlar yurti vakillari JCH-2018 guruh bosqichida Rossiya, Saudiya Arabistoni va Urugvay milliy jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1178 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь