• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 20
Пользователи 1
Admin
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 30 » JSST Rossiyadan Tojikiston va Turkmanistonda epidemiyaga qarshi kurashish borasida yordam so‘radi
12:40
JSST Rossiyadan Tojikiston va Turkmanistonda epidemiyaga qarshi kurashish borasida yordam so‘radi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge "Rospotrebnadzor” (Rossiya) rahbari Anna Popovaga murojaat qilib, Tojikiston va Turkmanistondagi missiyada yordam berishni so‘radi, deb xabar beradi "RIA Novosti”.

"Sizdan ekspert missiyasining ishida ishtirok etish uchun markazingiz mutaxassislarini jalb etishda yordam ko‘rsatishingizni so‘ramoqchiman”, — deydi Klyuge.

Ta’kidlanishicha, ushbu mamlakatlarda koronavirus rasman qayd etilmagan bo‘lsa-da, atipik pnevmoniyadan vafot etayotganlar soni ko‘payib bormoqda. Klyuge bu borada Rossiyaning texnik va siyosiy nuqtayi nazardan yordami muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

"Meni ushbu mamlakatlardagi mavjud vaziyat juda xavotirga solmoqda”, — deydi JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi rahbari.

Klyuge Rossiyadan Tojikiston va Turkmaniston yetakchilariga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda JSSTning tavsiyalariga jiddiy yondashishlarini yetkazib qo‘yishini so‘ragan. Bundan tashqari, JSST vakili koronavirusga qarshi vaksinalar yaratish borasidagi ma’lumotlar uchun rossiyalik hamkasblariga minnatdorchilik bildirgan.

Avvalroq Turkmanistonda JSST missiyasi oldidan koronavirusga chalingan bemorlar boshqa kasalxonalarga yashirilishi ma’lum bo‘lgandi. Tojikistonda esa pnevmoniyadan to‘rt bemor vafot etgani xabar qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo davlatlari orasida hozirga qadar Tojikiston va Turkmanistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birorta ham holat rasman e’lon qilinmagan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlaridan iborat guruh shu hafta Tojikiston va Turkmanistonga tashrif buyurib, brifing o‘tkazadi va tahlil bo‘yicha vaziyat qanday ekani borasida rasmiy ma’lumot beradi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:577 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:41
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь