• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 23 » Jizzaxda karantin sabab ishlamayotgan oshxonaga kelgan xo‘randalar janjal ko‘tarib, ikki kishini pichoqlab qo‘ydi
12:30
Jizzaxda karantin sabab ishlamayotgan oshxonaga kelgan xo‘randalar janjal ko‘tarib, ikki kishini pichoqlab qo‘ydi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida karantin sabab yopilgan oshxonaga kelgan xo‘randalar janjal chiqarib, ikki kishini pichoqlab qo‘ydi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Jizzax shahar "Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro M.N. va N.J. Sharof Rashidov tumani "Xayrabod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasiga kelib, ovqat buyurtma qilgan. Oshpaz mijozlarga oshxona karantin munosabati bilan ishlamayotganligini tushuntirganida, ular buni tushunishni xohlamay janjal chiqargan.

Oshxona ro‘parasida istiqomat qiluvchi 2000-yilda tug‘ilgan fuqaro F.U va ukasi tuman XTBga qarashli 52-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchisi O.U. janjalni eshitib chiqadi. Dahanaki janjal oqibatida fuqaro M.N. o‘zi bilan doimiy ravishda olib yurgan pichog‘i bilan O.U. va akasi F.U.ga tan jarohat yetkazgan.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida 21-martdan boshlab barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan ko‘ngilochar obyektlar, shu jumladan, tungi klublar, choyxona va oshxonalar faoliyati koronavirus kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar to‘xtatilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 46 kishiga yetgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:558 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:13
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031