• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 6 » Janubiy Koreyada bir sutka ichida 50 nafardan kam odamda koronavirus yuqtirib olish holati kuzatildi
19:23
Janubiy Koreyada bir sutka ichida 50 nafardan kam odamda koronavirus yuqtirib olish holati kuzatildi

Janubiy Koreyada fevral oxiridan beri bir sutka ichida ilk bor COVID-19 koronavirusini yuqtirib olish bo‘yicha 47 ta yangi holat qayd etildi. Mamlakatda 138 nafar kishi infeksiyadan tuzalgan, kasallanganlarning umumiy soni 10 284 nafarga yetgan, 186 nafar odam kasallik oqibatida vafot etgan. Bu haqda Koreya Sog‘liqni saqlash vazirligining Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazlari tashkiloti (KCDC) ma’lum qilgan, deb yozmoqda "RIA Novosti”.

Janubiy Koreyada epidemiya boshlanganidan beri so‘nggi bor 20-fevralda 50 nafardan kamroq odamda koronavirus aniqlangani haqida xabar berilgan.

Janubiy Koreyada epidemiologik xavf eng yuqori darajaga ko‘tarilgan. Tegu shahri va Kyonsan-Pukto provinsiyasining uchta shahri favqulodda holatning eng yuqori hududlari deb e’lon qilingan. 19-aprelga qadar mamlakat aholisidan zarurat bo‘lmaganda uylarini tark etmaslik, sport, ko‘ngilochar va diniy muassasalarga bormaslik so‘ralgan. O‘quv yili 9-apreldan onlayn rejimida boshlanadi.

KCDC ma’lumotiga ko‘ra, 5-aprel 00:00 holati bo‘yicha 11 ta yangi kasallanish Seulda, yana 8 tasi Kyongido, 13 ta esa Tegu shahrida kuzatilgan, mamlakatning yana boshqa hududlarida jami 16 ta holat qayd etilgan va ularning aksariyatida xorijdan qaytgan fuqarolarda koronavirus borligi aniqlangan.

Bir sutka ichida yana uch nafar odam vafot etgan va o‘lganlar soni 186 tani tashkil qilmoqda. Ularning 129 nafari Teguda, yana 45 kishi Kyonsan-Pukto provinsiyasida, yana 7 nafar fuqaro Kyongido provinsiyasida, uch nafar odam esa Pusanda vafot etgan. Bir nafar odam Ulsanda, yana bir kishi Kanvondo provinsiyasida vafot etgan.

Ortda qolgan sutkalarda 13 nafar odam koronavirusdan tuzalib, kasalxonadan chiqqan, mamlakatda umumiy tuzalganlar soni 6598 nafarga yetgan. 19 295 nafar odamning tahlili ish jarayonida, Janubiy Koreyada jami 437 mingta tahlil koronavirusga test qilingan.

Seulda 563 nafar, Teguda 6781 nafar, Kyonsan-Pukto provinsiyasida 1316 nafar, Kyongido provinsiyasida 580 nafar odam koronavirus bilan kasallangan. Pusandagi koronavirus yuqtirib olgan kishilar soni 122 nafarni tashkil qiladi. Koronavirus yuqtirib olganlar orasida 5 ming nafar odam "Sinchxonchji” diniy tashkiloti a’zolari hisoblanadi. 82,6 foiz holatlarda ommaviy to‘planishlar oqibatida kasallik yuqtirib olish kuzatilgan. Kamida 757 ta holatda kasallik xorijdan kelgan fuqarolarda kuzatilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:530 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:46
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь