• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 22
Гостей: 22
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 17 » Janubiy Koreya KXDRning “noma’qul” xatti-harakatlariga ortiq toqat qilmasligini bildirdi
18:07
Janubiy Koreya KXDRning “noma’qul” xatti-harakatlariga ortiq toqat qilmasligini bildirdi

Seul bundan buyon KXDRning "noma’qul xatti-harakatlari va so‘zlariga” toqat qilmaydi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti administratsiyasi vakili Yun Do Xan brifingda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Yonhap agentligi.

Shunday qilib respublika rasmiylari KXDR yetakchisining singlisi Kim Yo Chjonning prezident Mun Chje Inning yarim oroldagi mojaroni diplomatik va tinch yo‘l bilan hal etish to‘g‘risidagi taklifiga bergan keskin javoblariga munosabat bildirdi.

Koreya Markaziy telegraf agentligining ma’lum qilishicha, Janubiy Koreya 15-iyun kuni KXDRdan Pxenyanga maxsus vakilni yuborishga ruxsat so‘ragan, biroq ulardan rad javobini olgan.

Agentlikning xabar berishicha, "Janub Shimoliy Koreyaning kuchli kontrhujumidan vahimaga tushib qoldi, shu sababli prezident Mun Chje In Pxenyanga maxsus vakillarni yubormoqchi edi.

Bunga javoban, Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi targ‘ibot va tashviqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Kim Yo Chjon Seulning talabini ‘hiyla’ deb atadi va bunday taklifga rozi bo‘lishdan ‘qat’iyan bosh tortdi’ ”.

Janubiy Koreya KXDRni prezident Mun Chje Inning murojaati maqsadini tushunmaganlikka yo‘yib, Kim Chen In singlisining so‘zlarini asossiz deb atadi.

"Biz endi Shimoliy Koreyaning ahmoqona nutqi va xatti-harakatlariga toqat qilmaymiz”, — degan Yun Do Xan. Uning aytishicha, Pxenyanning xatti-harakatlari har ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi o‘zaro ishonchga jiddiy putur yetkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy va Janubiy Koreya munosabatlari so‘nggi ikki hafta davomida yomonlashib bormoqda. Dastlab KXDR Janubiy Koreyaning qo‘ng‘iroqlariga javob bermadi. 9-iyun kuni esa KXDR 2018-yildan beri ilk bor Janubiy Koreya bilan aloqalarni to‘xtatdi. KXDR Seul bilan barcha aloqa liniyalarini Pxenyanga qarshi yuborilgan tashviqot varaqalari sabab bloklagan. Uzoq yillar davomida ishlamagan aloqa liniyalari 2018-yilda qayta tiklangan, shundan buyon mamlakatlar kuniga ikki marotaba o‘zaro qo‘ng‘iroqlashib turgandi.

14-iyun kuni Janubiy Koreya hukumati Shimoliy Koreya bilan bog‘liq har qanday vaziyat yuzasidan javob berishga tayyorligini ta’kidlab, KXDRni ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy bitim bo‘yicha kelishuvlarini amalga oshirishga chaqirdi. 16-iyun kuni esa Shimoliy Koreya harbiylari Keson shahrida joylashgan Koreyalararo aloqa ofisini portlatib yubordi.

Endilikda KXDR Janubiy Koreya bilan chegaradosh qurolsizlantirilgan hududlarga o‘z qo‘shinlarini qaytarmoqchi. Shu maqsadda o‘z qo‘shinlarini Kimgansan turistik zonasi va Keson sanoat kompleksiga joylashtirishga tayyorlanmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:482 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:13
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь