• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 13 » Jahon banki O‘zbekistonda suv ta’minoti tizimini rivojlantirish uchun qariyb 240 mln dollar ajratadi
13:39
Jahon banki O‘zbekistonda suv ta’minoti tizimini rivojlantirish uchun qariyb 240 mln dollar ajratadi

Jahon bankining Direktorlar kengashi 12-mart kuni O‘zbekistonda suv ta’minoti tizimini rivojlantirish va uni institutsional qo‘llab-quvvatlash loyihasini moliyalashtirish uchun Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasidan 239 millionlik kredit ajratilishini tasdiqladi. Bu haqda Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

"O‘zbekistonda suv ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmasi, asosan, Sovet davrida yaratilgan. Bugungi kunda u eskirgan va kapital rekonstruksiya qilishni va yanada kengaytirishni talab qiladi. Biroq ushbu infratuzilmani yangilash bo‘yicha ish sur’ati, uning mavjud quvvati va texnik xizmat ko‘rsatishi o‘sib borayotgan aholi ehtiyojlarini qondirmaydi. Ushbu omillar mamlakatning ko‘plab hududlarida suv ta’minoti va kanalizatsiya sifatining pasayishiga olib keldi”, — degan Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Xideki Mori.

Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida O‘zbekistonning uchta hududidagi 500 mingdan ortiq aholi yanada sifatli suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalana olishi kutilmoqda.

Loyiha doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus, Taxiatosh va Xo‘jayli shaharlarida oqava suv tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish rejalashtirilgan. Sirdaryo viloyatida va Samarqanddagi Kattaqo‘rg‘on shahrida ham suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlari kengaytirilib, rekonstruksiya qilinadi.

Loyihaning asosiy maqsadlaridan biri bu butun O‘zbekiston bo‘ylab energiya va suv yo‘qotishlarini kamaytirishdir. Bunga suv ta’minoti xizmatlari sohasida energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish mexanizmini, shuningdek, mahalliy suv kanallari foydalanishi mumkin bo‘lgan suv iste’molini hisoblash dasturlarini joriy qilish orqali erishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-yanvar kuni Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi chiqishida ichimlik suvi ta’minoti sohasida ahvol yaxshi emasligini ta’kidlab o‘tgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:506 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:11
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031