• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 11 » Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi UzAutoMotors’ning avtomashinalar narxini oshirganini keskin qoraladi
17:32
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi UzAutoMotors’ning avtomashinalar narxini oshirganini keskin qoraladi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi rasmiy saytida ichki bozorda avtomobil narxlari ko‘tarilishiga munosabat bildirildi.

"Bugungi kunda iste’molchilar avtomashinalar narxlari ko‘tarilganidan norozi. Bir yoki ikki foizga emas, birdaniga 15-20 foizga! Nima sababdan? Qaysi omillar tufayli? Nega aynan xaridorgir bo‘lgan avtomashinalarning narxi tushish o‘rniga ko‘tarilib ketgani ko‘pchilik iste’molchilarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Berilgan va’dalar aksincha edi.

Bu yil avtomashina narxi tushishi kutilayotgan edi. Bu ish bilan UzAutoMotors iste’molchilar ustidan yana bir "ahmoqona yurish qildi”. O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga 2019-yil davomida yuzga yaqin rangi o‘chganidan tortib, o‘z joyida turgan, hech qanday tashqi omillarsiz o‘z-o‘zidan yonib ketgan mashinalar to‘g‘risida arizalar kelib tushgan.

Biz nizomda belgilangan tizim orqali iste’molchilarimizga ko‘mak ko‘rsatgan bo‘lishimizga qaramasdan, muammolar ko‘paysa ko‘paydiki, aslo kamaymadi. UzAutoMotors monopol tashkilot hisoblanar ekan, bu kabi muammolarning adog‘i bo‘lmasligi aniq.

To‘g‘ri, xalqimiz mehnatkash, orzu-havas uchun ham mashina olish ishtiyoqidan aslo qaytmaydi. Lekin bu degani istalgancha xalq bilan hisoblashmasdan narxlarni oshirish kerak degani emas! Bu ketishda xalqimiz ancha payt musofir yurtda "qora ishchi” degan tamg‘a bilan yurishga mahkum.

To‘g‘ri-da, o‘z davlatida qadr topmagan xalqni o‘zga yurtda boshini silarmidi?! Qachongacha o‘zga yurtda yaratilgan imkoniyatlarga havas qilib yuramiz? Qachonki, UzAutoMotors’dan tashqari yana raqobatdosh zavodlar ish boshlasa, shundagina narxning tushishidan umid bor. Aks holda xalqqa nisbatan bunday bepisand va tahqirlovchi kayfiyat hali-beri ularni tark etmaydi”, — deyiladi munosabatda.

Federatsiya iste’molchilarni ham o‘z haq-huquqlarini himoya qilishga chaqiradi:

"Gapimiz nihoyasida iste’molchilarimizdan shuni iltimos qilardikki, qo‘yilgan bahoga ko‘nib ketavermang. Yurtboshimiz ham ‘Jamiyat — islohotlar tashabbuskori’ deb bekorga aytmagan. Xalq manfaati o‘ylanmas ekan, uni talab qilish huquqiga to‘laqonli haqlimiz. Xalqdek qudratli kuch bo‘lmaydi’.

UzAuto Motors kompaniyasi 9-mart, dushanba kuni, o‘zi ishlab chiqarayotgan (yig‘ayotgan) yengil avtomobillar narxi model va modifikatsiyaga qarab 3 foizdan 21 foizgacha oshirgan edi. Kompaniya ushbu holatni "narxlarni qayta ko‘rib chiqish qarori narxlar konyunkturasi, shuningdek, ichki va tashqi bozordagi umumiy makroiqtisodiy vaziyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq”, deb izohladi.

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maqsud Qurbonboyev UzAuto Motors mutasaddilaridan avtomobil narxlarining oshirilishi yuzasidan tushuntirish so‘rab, "Narxlar qaysi omillar tufayli oshganini iste’molchi bilishga haqi bormi yoki yo‘qmi?”, deb aytgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:539 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031