• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 22 » Islom Karimovni sudga bergan qashqadaryolik huquq himoyachisi Cho‘yan Mamatqulov to‘liq oqlandi
11:03
Islom Karimovni sudga bergan qashqadaryolik huquq himoyachisi Cho‘yan Mamatqulov to‘liq oqlandi

Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudining apellyatsiya instansiyasi 18-mart kuni Qurolli kuchlar sobiq ofitseri Cho‘yan Mamatqulovning to‘liq oqlanganini ma’lum qildi.

Mamatqulovning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q deb topilgani uchun sud unga odam o‘g‘irlash, zo‘ravonlik bilan noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, firibgarlik, hujjatlarni soxtalashtirish va yana boshqa jinoyatlar sodir etish bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlarni olib tashladi. U reabilitatsiya yo‘li bilan oqlandi, jinoyat ishi butunlay to‘xtatildi.

Cho‘yan Mamatqulov (1970-yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) 2000-yilda to‘rtta intizomiy chora asosida Qurolli kuchlar safidan chiqarilgan, biroq aybi borligi haqda oldindan ogohlantirilmagan. 2004-yilda u O‘zbekiston inson huquqlari jamiyatining Qashqadaryo bo‘limiga a’zo bo‘lgan. 2005-yilda Prezident Islom Karimovni sudga bergan va uni Oliy Bosh qo‘mondon sifatida 1996-yil 9-okabrda Qurolli kuchlar Nizomini tasdiqlagani va harbiylarning huquqlari toptalganligi uchun javobgar ekanini bildirgan.

Mamatqulov 2012-yil 29-avgustda qamoqqa olingan. U Jinoyat kodeksining 2013-yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudi tomonidan 137 (odam o‘g‘irlash), 138 (zo‘ravonlik bilan noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 159 (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 168 (firibgarlik), 228 (ishlab chiqarish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni soxtalashtirish, ularni sotish yoki ulardan foydalanish), 238 (yolg‘on guvohlik berish), 244-1 (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish yoki ko‘rsatish), 273 (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) moddalariga bo‘yicha 10 yilda ozodlikdan mahrum qilingan edi.

2015-yilning 17-mart sanasida Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi tomonidan Mamatqulov Jinoyat kodeksining 221-modda 2-qism "b” bandi (jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik) bo‘yicha 3 yilga, Jinoyat kodeksining 60-moddasi (Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) bo‘yicha 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

2018-yil 6-fevralda Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat kassatsiya instansiyasi sudining qarori bilan yuqoridagi hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan.

2018-yil 7-mart kuni Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati qaroriga binoan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi tomonidan 2013-yil 8-fevralda chiqarilgan hukm jazosi 5 yil 2 oygacha qisqartirildi.

2018-yil 15-mart kuni sudlov hay’ati Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining 2015-yil 17-martda chiqargan hukmiga, shuningdek, Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati kassatsiya instansiyasining 2018-yil 6-fevraldagi hukmiga o‘zgaritish kiritdi. Mamatqulovga 3 yil 1 oy-u 20 kunga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.

Keyinchalik 2018-yil 26-mart kuni Mamatqulov va yana 4 nafar shaxsning jazoni o‘tash muassasidan jazoni ijro etish muassasalarida tayinlangan muddatni o‘tab bo‘lganligi munosabati bilan ozod etilgani xabar qilingan. AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi 6 nafar jurnalist va inson huquqlari faoli ozod etilganini olqishlagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:626 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031