• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 1 » Indoneziyaning Surabaya shahri meri koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli shifokorlar oldida tiz cho‘kib yig‘ladi
07:41
Indoneziyaning Surabaya shahri meri koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli shifokorlar oldida tiz cho‘kib yig‘ladi

Indoneziyaning kattaligi bo‘yicha ikkinchi hisoblangan Surabaya shahri meri Tri Rismaxarini koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlar bilan bo‘lgan uchrashuvda ularning oldida tiz cho‘kib yig‘ladi. Mer shifokorlardan epidemiya vaqtida ular duch kelishga majbur bo‘lgan qiyinchiliklar uchun kechirim so‘ragan. Bu haqda "RBK” xabar berdi.

Rismaxarini Indoneziya tibbiyot uyushmasi hamda mahalliy hokimiyat vakillari bilan uchrashgan. Uchrashuv vaqtida Surabaya shahridagi Soyetomo kasalxonasi pulmonologi tibbiy muassasa COVID-19 bemorlari bilan to‘lganini aytgan. Shifokor shahar aholisining kam qismi ehtiyot choralarini ko‘rayotgani sababli kasallik tarqalishda davom etayotganini bildirgan.

Shundan so‘ng Tri Rismaxarini o‘rnidan turib, zalga chiqqan va tiz cho‘kkan. "Iltimos, bizni ayblamang”, — degan shahar meri.

Shahar merining ta’kidlashicha, uning idorasi kasalxonalarga yordam ko‘rsatishga uringan, biroq bu jarayonda qiyinchiliklarga duch kelgan. U bu vaziyat bo‘yicha tafsilotlarni bayon qilmagan.

Surabaya shahri joylashgan Sharqiy Yava provinsiyasi mamlakatda koronavirus tarqalishi markaziga aylangan. 29-iyun holatiga ko‘ra, provinsiyada 11,5 mingta bemor qayd etilgan. Bu mamlakat poytaxti Jakartada qayd etilganidan ko‘proq hisoblanadi, poytaxtda shu paytgacha 11,1 mingta kasallanish holati qayd etilgan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Indoneziyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha jami 55 mingta holat qayd etilgan. 2805 kishi kasallik qurboniga aylangan. So‘nggi kunlarda mamlakatda kasallikning tarqalishi tezlashgan. Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, iyun oyining o‘rtasida mamlakatda kasallanganlar soni 39 ming kishini tashkil qilgan. May oyida kasallanganlarning kunlik o‘sishi bir sutkada 400-600 kishini tashkil qilgan, iyun oyining oxiriga kelib mamlakatda kuniga 1000 tadan ortiq yangi holat qayd etilmoqda.

Shunga qaramasdan, Indoneziyada iyun oyining boshida cheklovlarni qisman olib tashlash boshlangan. Olimlarning ogohlantirishicha, bu kasallik tarqalishining keskin oshishiga olib kelishi mumkin. "Birinchi to‘lqin hali tugamadi. Agar profilaktika choralari bosqichma-bosqich va to‘g‘ri bajarilmasa, biz kasallikning juda katta cho‘qqisiga duch kelishimiz mumkin”, — deya ma’lum qilgan Indoneziya universiteti epidemiologi Ayvan Ariavan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:417 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:21
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031