• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 25 » Ilhom Mo‘minjonov futboldan 5 yilga chetlatilgandi. O‘FA esa diskvalifikatsiya muddatini 4 yil ko‘rsatib, uni yanada qisqartirdi
16:35
Ilhom Mo‘minjonov futboldan 5 yilga chetlatilgandi. O‘FA esa diskvalifikatsiya muddatini 4 yil ko‘rsatib, uni yanada qisqartirdi

"Navbahor” futbol klubi sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonovning diskvalifikatsiya muddati qisqartirildi, deya xabar qilmoqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti.

Mo‘minjonov futbolchilarni o‘yinni sotishga undagi uchun 2019-yilning aprelida O‘FA Etika qo‘mitasi tomonidan 50 million so‘m miqdorida jarima tortilgan va 5 yil muddatga futbolga oid har qanday faoliyatdan chetlashtirilgan edi.

O‘FA xabarida ta’kidlanishicha, 2020-yilning 3-yanvarida "Surxon” futbol klubi Etika qo‘mitasiga Ilhom Mo‘minjonov ishini qayta ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qilgan. Mazkur murojaatda "Surxon” futbol klubi kafil sifatida Ilhom Mo‘minjonovning diskvalifikatsiyasi bo‘yicha qarorni qayta ko‘rib chiqib, uning murabbiylik faoliyati tiklanishi so‘ralgan.

Murojaat O‘FA Etika qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqilgach, Ilhom Mo‘minjonovning o‘zi chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi, shuningdek, uni diskvalifikatsiya qilishda asosan bir tomonlama dalillarga asoslanganini bildirgan. Bundan tashqari, Mo‘minjonov qo‘mitaga vaziyatni yanada yaxshiroq o‘rganish uchun qo‘shimcha ma’lumotlar va o‘zi faoliyat yuritgan futbol klublari xodimlarining u haqidagi tavsifnomalarini taqdim etgani aytiladi xabarda.

Etika qo‘mitasi shulardan kelib chiqib Mo‘minjonovning diskvalifikatsiya muddatini qisqartirgan. Endilikda bu cheklov 2020-yilning 31-dekabriga qadar amal qiladi. Shu bilan bir qatorda, mazkur murabbiy tomonidan kelgusida bu kabi salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilgan taqdirda qat’iy chora ko‘rilishi belgilab qo‘yilgan.

Ta’kidlash joiz, O‘FAning 2019-yildagi qarori (mazkur xabar o‘chib ketgan, bu orada tashkilot sayti yangilangan) bo‘yicha Mo‘minjonov umumiy hisobda 5 yil muddatga futbolga oid faoliyatdan chetlatilgani ma’lum qilingandi. Biroq tashkilotning 25-fevral kungi bayonotida muddat 4 yil deb ko‘rsatilgan. Tashkilot qarorini qachon o‘zgartirgani noma’lum. Shu tariqa Mo‘minjonovning 5 yillik diskvalifikatsiyasi 1 yil-u 9 oy deganda yakuniga yetadigan bo‘lmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘zbek futbolida bunday diskvalifikatsiyalar muddatini qisaqrtirish holatlarining kuzatilishi birinchi marta yuz berayotgani yo‘q. Xususan, avvalroq Samvel Babayan O‘FF (hozir O‘FA) Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining 2018-yil 15-yanvardagi 3-sonli qaroriga muvofiq futbolga aloqador har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishdan umrbod chetlashtirilgan edi. Keyinroq mutaxassis Latviyada ish boshlagach, tashkilot bu qarorning faqat O‘zbekistonda amal qilishini ma’lum qilgandi.

Ammo oradan bir yil o‘tib, Babayanning diskvalifikatsiyasi chetlatishdan ikki hafta o‘tiboq "Bunyodkor” klubi kafilligi ostida bekor qilingani ma’lum bo‘ldi. Bu orada Babayan Toshkentning "Lokomotiv” klubi bosh murabbiyiga aylandi.

Babayan chetlatilgan davrda mamlakat futboliga Umid Ahmadjonov javobgar edi. U esa 2019-yilning 13-iyun kuni tashkilot birinchi vitse-prezidentligidan iste’foga chiqdi. Ahamdjonovning o‘rniga FIFA hakami Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezdenti bo‘ldi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:499 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829