• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 1 » IIV Andijonda IIB xodimlari qiynoqlaridan vafot etgan fuqaro ishi yuzasidan uzr so‘radi
13:50
IIV Andijonda IIB xodimlari qiynoqlaridan vafot etgan fuqaro ishi yuzasidan uzr so‘radi

Xalqaro press-klubning 1-iyul kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafoti sabab uzr so‘radi. Bu haqda "Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

"Ayrim xodimlarimiz tomonidan qilingan jinoyatlar bizning oyog‘imizga kishan bo‘lib turibdi. Men o‘ylaymanki, bu holatni biz ko‘rib chiqamiz, har bir aybdor odam javobgarlikka tortiladi. Biz tizimni shaffof qilamiz, shu xizmatimiz bilan uzr so‘raymiz o‘zimiz ham. Lekin qandaydir bir ayrim xodimlarning noma’qul xatti-harakati orqali butun tizimga salbiy baho berish, menimcha, noto‘g‘ri”, — deydi G‘iyosov.

Matbuot kotibi Andijon shahrida sodir etilgan mudhish voqea tizim xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyat kechirib bo‘lmas holat ekanini, shuningdek, tizim sha’niga tushgan katta dog‘ligini alohida ta’kidlab o‘tdi: "Bundan keyin har qancha ijobiy sa’y-harakat qilmaylik, bu dog‘ bizning kamchiligimiz haqida doim eslatib turadi”.

Voqea sodir bo‘lganidan so‘ng IIB xodimlari hibsga olingach, Andijon viloyat IIB, viloyat prokuraturasi, Andijon viloyat hokimligi vakillari vafot etgan fuqaroning uyiga borib oilasiga hamdardlik bildirib, uzr so‘ragani qayd etildi. Shuningdek, Abdukarimovning davolanish jarayonida, vafotidan keyingi holatlarda yordam berilgan.

"Ularning oilasi OAVda e’lon qilishni xohlamagan, shuning uchun bu narsa e’lon qilinmagan. Hozirgi paytda, bunday olib qaralsa, holatdan keyin tizim sifatida qancha kechirim so‘ralsa ham kam. Bu oila kechirimni qabul qiladimi, qilmaydimi, bu ham katta masala. Biz ichki ishlar xodimlari o‘zimizning xizmatimiz, ishimiz bilan kechirimimizni ko‘rsatamiz, kechirim so‘raymiz” — deb qo‘shimcha qildi matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 13-iyunda Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafoti sabab 3 nafar IIB xodimi hibsga olingan, voqea 30-mayda Andijon shahar Salohiyat ko‘chasida yashovchi fuqaro A.A. tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib kelinishidan boshlangan. Fuqaro 11-iyunda vafot etgan. 14-iyun kuni Andijon viloyati Andijon shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (FMB) boshlig‘i podpolkovnik Sodiq Usmonov mazkur voqea sabab ishdan olindi. Keyinroq IIBda besh kishi ishdan olingani va 19 kishi jazolangani ma’lum qilindi. Bosh prokuratura ayni ish doirasida olib borilayotgan tergov harakatlari davomida 27-iyun kuni jinoyatga aloqador deb topilgan yana ikki kishi — 4-sonli IIB boshlig‘i podpolkovnik P.Mamajonov hamda mazkur bo‘lim jinoyat-qidiruv guruhining yana bir tezkor vakili ham qamoqqa olinganini ma’lum qilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:433 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:07
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031