• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 29 » “Hokimiyat vakillarining ‘snos’lar vaqtida fuqarolarga nisbatan hurmatsizliklari, aholi mulkiga tajovuzlari ichki ishlar organlari xodimlari
15:21
“Hokimiyat vakillarining ‘snos’lar vaqtida fuqarolarga nisbatan hurmatsizliklari, aholi mulkiga tajovuzlari ichki ishlar organlari xodimlari

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim viloyatlarning hokimiyat vakillari tomonidan sug‘oriladigan yerlardagi "noqonuniy” qurilmalarni buzish kabi ishlar avj olayotgani, ushbu jarayonga jamoat tartibini saqlash uchun jalb etilgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqarolar va hokimiyat vakillari o‘rtasidagi ziddiyatlarni oldini olish vaqtida yuzaga kelgan nizoli vaziyatlar aks etganvideotasvirlar tarqalayotgani kuzatilmoqda. Surxondaryo viloyatining Oltinsoy, Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi voqealar bunga dalil bo‘la oladi.

Bu esa, Ichki ishlar vazirligi vakillarining qayd etishicha, keng jamoatchilikda aynan ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlariga nisbatan norozilik kayfiyati uyg‘onishiga sabab bo‘lmoqda. Vaholanki, mazkur kelishmovchiliklar asosan hokimiyat vakillarining, ichki ishlar organlari xodimlari borligidan foydalanib, fuqarolarga nisbatan noo‘rin va qo‘pol xatti-harakatlar, hurmatsizlik, o‘z vakolatlaridan chetga chiqish hamda ayrim vaqtlarda aholining mulkiga ochiqdan-ochiq tajovuz qilishlari oqibatida kelib chiqmoqda.

Bu kabi vaziyatlar, Ichki ishlar vazirligining fuqarolar huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi xalqchil tizim yaratish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga jiddiy putur yetkazib, ichki ishlar organlariga nisbatan keng jamoatchilikda ishonchsizlik kayfiyatini keltirib chiqarmoqda. Shu sababli, IIVdan "Daryo”ga ma’lum qilishlaricha, hududiy ichki ishlar organlari rahbarlariga hokimiyat va fuqarolarning mulkiy turdagi o‘zaro munosabatlarini hal etish jarayoniga jamoat tartibini saqlash uchun shaxsiy tarkibni jalb etishda quyidagilarga qat’iy amal qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi:

Joylarga, muammoli vaziyatlar hokimiyat va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tomonidan oldindan muzokaralar o‘tkazilib hal 
etilganligiga qat’iy ishonch hosil qilgandan keyin chiqish;

Joylarda, hokimiyat vakillariga fuqarolar bilan muloqot jarayonida hurmatsizlik qilmasliklarini, noo‘rin va qo‘pol munosabatda bo‘lmasliklarini tushuntirish, aks holda, o‘zlariga nisbatan qonuniy tartibda chora ko‘rilishi bilan qat’iy ogohlantirish;

Aholi va hokimiyat vakillari o‘rtasida ziddiyatlar vujudga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday harakatni avvaldan bartaraf etish choralarini ko‘rish;
xodimlarning aholi va hokimiyat vakillari bilan bo‘lgan munosabatlarida bir yoqlamalikka, shuningdek hissiyotlarga berilish kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik.

IIV rasmiylarining alohida ta’kidlashicha, ichki ishlar organlari xodimlari "ularning birlamchi vazifasi hokimiyat vakillarining aybi bilan kelib chiqayotgan ziddiyatlar va janjallar oqibatini bartaraf etish emas, balki fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash” ekanligini unutmasliklari lozim.
Категория: Har-Hil | Просмотров:534 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829