Меню сайта
Супер премьера
Реклама
Загрузка...
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 879
Статистика

waplogStatok.net


Сейчас онлайн: 57
Гостей: 57
Пользователи 0

muzaffar957
abduaziz
ixti9219
xitlog
ensoniq
998749949480
karol
asasin77
woxruvz
alik(
Тизер
Главная » 2016 » May » 18 » HOJIBOY TOJIBOEVNING QIZI: “AVAZ OXUN DADAMNING ‘SHOGIRDIMAN’ DEYISHNI BILADI, AMMO...”
10:27
HOJIBOY TOJIBOEVNING QIZI: “AVAZ OXUN DADAMNING ‘SHOGIRDIMAN’ DEYISHNI BILADI, AMMO...”

"Qo`ysangchi!”, "Bunday o`ylab qarasam menga ‘nevigodniy’ ekan”, "Qarg`adan makkadek-makkadek ter oqib ketyapti!..”. Bu unutilmas iqtiboslar kulguning 99 turini, uning qanday bo`lishini o`rgatib ketgan taniqli so`z ustasi Hojiboy Tojiboevga tegishli.

Marhum qiziqchining qizi—Intizor Tojiboeva bilan suhbatlashib,Hojiboy Tojiboevning so`nggi kunlari qanday kechgani, taniqli so`z ustasining o`limidan so`ng uning shogirdlari san`atkorning oilasiga qanday munosabat ko`rsatgani va Intizorning ijoddagi o`z yo`li haqidagi savollarga javob oldi.

O`zingiz haqingizda so`zlab bersangiz: ayni damda nimalar bilan bandsiz, o`qish, ish, oilaviy hayotingiz qanday kechmoqda?

— O`zbekiston Davlat san`at va madaniyat institutida drama va kino aktyorligi fakultetining birinchi kursida o`qiyman. Oilamizdan faqatgina men san`at yo`lini tanladim.

— Dadangizning so`nggi kunlari qanday kechgan edi?

— O`sha vaqtda mazalari yo`q edi, dadam shifokorlar nazoratida edi. Ancha yillar davolanganlar, ‘Hali tuzalib ketsam, konsert beraman’, deb yurgandilar. Ular haqida odamlar tarqatgan gap-so`zlardan, mish-mishlardan jahlim chiqadi.

— Qanday mish-mishlarni nazarda tutyapsiz?

— Asossiz mish-mishlarni aytyapman. Dadamni avtohalokatga uchrab halok bo`lgan deyishlari yoki kimdir o`ldirgan degan yolg`on, bo`lmagan gaplarni eshitish og`ir botadi. E`tibor bergan bo`lsangiz, so`nggi konsertlarida ahvollari juda og`ir edi. Dadam hayot bo`lganlarida 60 yillik yubeleylarini nishonlagan bo`lar edik.

— Dadangizni qaysi shogirdlari uning o`limidan so`ng oilangizni qo`llab-quvvatlab turdi?

— To`g`risi, hech kim yordam bermagan.

— Avaz Oxun: "Hojiboy Tojiboev — ustozim”, deb ko`p marta ta`kidlagan. U ham yo`qlab turmaganmi?

— Yo`q, yo`qlab turmagan.

— Nahotki shogirdlarning hech biri yordam bermagan?

— Faqat "Shogirdiman!”, deb gapirishni bilishadi, ammo uyimizni qaerdaligini ham bilishmaydi. Dadamning qo`shtirnoq ichidagi shogirdlari yordam berish uyoqda tursin, oilamiz haqida ma`lumotga ham ega emas.

Категория: Har-Hil | Просмотров: 2068 | Добавил: Admin | Теги: HOJIBOY TOJIBOEVNING QIZI: “AVAZ OX, AMMO...” | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 1
1 Alam   (2016.07.29 21:34)
Bundaylar Hojiboy Tojiboyerning shuhratiga shogird bölgan ekanda

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:23
Добро Пожаловать, Mexmon
Переводчик сайтов
Поиск
Для Android
Реклама
Календарь
«  May 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031