• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 14
Гостей: 14
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2019 » May » 28 » Hikoya: Osmon yig'lagan kun
00:20
Hikoya: Osmon yig'lagan kun

Shoxlari chor tarafga tarvaqaylab ketgan keksa o'rik ostidagi chorpoyada maza qilib choy ichib o'tirgancha xayol surayotgan Ergashning yoniga olti yashar o'g'li Asad yugurib keldi:

— Dada, dada, telefoningiz boyadan beri tinmay jiringlayapti! Olib kelib beraymi?!

Ergashning ko'nglidan «Namuncha hovliqadi bu bola? Telefon bo'lgandan keyin birov-yarim qo'ng'iroq qilganda jiringlaydi-da», degan o'y o'tarkan, o'g'liga qarab «olib kel» degandek bosh irg'adi. Asad ortiga qaytarkan xuddi mashina rulini boshqarayotgandek ikki qo'lini u yoq-bu yoqqa harakat qildirib ham qo'ydi. Ergash choydan icharkan ichida «Bolasi tushmagur, qo'shnining uyiga «Spark» kelgandan buyon yurgan joyida mashina bo'ladigan bo'ldi», dedi. Keyin o'zining ham yoshligidan mashinaga ishqibozligi borligi uchun bir entikib qo'ydi: «Qachon menga ham ja   «Neksiya» yoki «Spark» bo'lmasayam mundayroq mashina nasib qilarkin?»

Asad ko'p kuttirmadi, faqat bu safar bir qo'lida uyali telefon. Ergash o'g'lining chaqqonligidan zavqi oshib, unga bir hazil qilgisi keldi:

— O'rtoq haydovchi, siz yo'l harakati xavfsizligi qoidasini buzdingiz. Mashina boshqarayotgan paytda telefondan foydalanish taqiqlangan!

— Dada, men telefonda hech kim bilan gaplashmadim, faqat qo'limda tutib keldim! — dedi hozirjavob o'g'il qo'lidagi matohni otasiga uzatarkan.

Asadning bu gapidan Ergash yana na'sha qildi: «Bo'ladigan bola!   Og'zingdan bir gap chiqmasidan javobi tayyor».

O'g'li ketgach Ergash erinibgina shapaloqday keladigan telefonining ekraniga ko'z tikdi. To'rtta o'tkazib yuborilgan qo'ng'iroq bor ekan, hammasi bitta raqamdan. Ergash «Xurshid do'st» degan yozuvga biroz tikilib turdi-da, «Zaril ishi bordirki, ketma-ket to'rt marta telefon qilibdi», degan o'yda do'stining raqamini terdi. Telefondan «Allo!» degan tanish ovozni eshitgach:

— Ey, jo'raning zo'ri, yaxshimisan, sog'lig'ing joyidami? Sardor qalay, Sardor? — deya hol-ahvol so'ray ketdi. Chunki mana, bir haftadan oshdi, Xurshid xotini bilan birga o'n ikki yoshli o'g'lini olib Toshkentga ketgan, yuragiga stend qo'ydirgani.

— Rahmat, jo'ra, rahmat, biz yaxshimiz. O'zing tinchmisan, nima yangiliklar bor? — dedi Xurshid.

— Jo'ra, sen to'rt kun qishloqda bo'lmaganingda biror yangilik bo'lib qolarmidi? Hamma yaxshi, tinch-omon, har kuni yomg'ir, sen ketganingdan beri bir amallab toklarni ochib oldik. Bugun ham havo sal tunarib turibdi, bilmadim, balki, kechga borib yana yomg'ir yog'ib qolar…

— Endi, jo'ra, o'zi anchadan buyon bahor yog'insiz kelaverib o'rganib qolgan ekanmiz-da, esingdami, bolaligimizda aprel, hatto maydayam qanday yomg'irlar bo'lardi?! Kattasoydan sel kelib, suvdan o'tolmaganimdan necha martalab maktabga borolmay, ertasiga Abdusattor akadan shapaloq yerdim.

— To'g'ri, jo'ra, — dedi Ergash Xurshidning asli boshqa niyatda qo'ng'iroq qilganini sezib.  — O'zingdan gapir, Sardorni qachon operatsiya qilishmoqchi?

— Hamma tekshir-tekshirlar bo'ldi, endi faqat operatsiya kunini belgilash qoldi, do'st, — dedi Xurshid.

«Do'st» so'zini eshitgan Ergashning yuragi jiz etgandek bo'ldi. Chunki Xurshid, odatda, biror sirini aytadigan bo'lsa yoki nimadir iltimos qilganda, unga «do'st» deya murojaat qilardi.

— Xo'sh, xo'sh?..

— Xullas, qo'limizda order bo'lmagani uchun operatsiya pullik ekan. Jami xarajatlari bilan o'n besh millioncha pul to'lashimiz kerak. Shunga bir yordam berib yuborasan, do'st…

Xurshidning ovozi gapirgan sayin hazinlashib borayotgandek tuyuldi Ergashga. Beixtiyor «Shu yigit ham o'g'lini tuzataman, deya rosa qiynalib ketdi», deb o'yladi-da, do'stiga dalda bergan bo'ldi:

— Jo'ra, sen gapni ichingga yutmasdan   shartta-shartta gapiraver, nima yordam kerak bo'lsa, ayt, qo'limizdan kelgunicha…

— Do'st, — Ergashning so'zini bo'ldi Xurshid, — salkam qirq yildan beri qadrdonmiz. Senga o'zimga ishongandek ishonaman, shuning uchun ham senga telefon qilgandim…

— Gapiraver, jo'ra, gapiraver! Bizdan nima yordam?! — dedi do'stining so'zlari qulog'iga moydek yoqayotgan Ergash.

— Uyda qanchaligini aniq bilmadim-u, lekin to'rt tonnacha katta-katta urug'lik no'xatim bor…

— Bilaman, jo'ra, bilaman!

— Bilsang, birorta katta mashina gaplashib, o'sha no'xatlarni bozorga olib borish kerak. Men kecha Bahodir bilan gaplashdim, «Aka, no'xatning narxi sal-pal ko'tarilib qoldi», deganday qildi. Xullas, uydagi o'sha no'xatni mana shu bozordan qoldirmay sotib, pulini menga biror taksidan berib yuborsang. Boray desam, o'g'ilchaning oldida o'zim yotibman, Komila borgani bilan umrida bozorga borib narsa sotmagan ayol… Buning ustiga hozir ming so'm pulniyam hisoblab ishlatib turibmiz. Ikki yuz ming yo'l kirani ekonom qilsak ham, harna-da, nima deding?..

Ergashning xayolida o'rtog'i uzoqdan, juda-juda uzoqdan gapirayotgandek tuyuldi. Chindan-da, hech qachon bunday birovga muztar bo'lmagan Xurshidning bo'g'ziga nimadir tiqilib kelib, «Holing qalay?» degudek bo'lsa, yig'lab yuboradigan ahvolda edi.

— Bo'ldi, jo'ra, tushundim, — dedi Ergashning ham ko'ngli bo'shab, — men hozir hamma ishimni yig'ishtirib, Usmon akanimi yoki Abdug'aninimi, gaplashib kelaman…

— Shunday qil, do'st, shunday qil! Chunki bu yog'i endi faqat o'zimizga bog'liq. Qachon kassaga pulini to'lib, to'lov qog'ozini ko'rsatsak, shundan keyin Sardorni operatsiya qilishadi, «Lekin har bir kun g'animat, tezroq harakat qilinglar,     keyin bizdan o'pka-gina qilib yurmanglar», dedi qarayotgan do'xtiri. Shunga haddim sig'ib senga aytdim… Faqat mana shu bozordan qolmasin, maylimi, do'st? Narxini ham sal-pal talashib-tortish, ishqilib, olti   mingdan kam sotib qo'yma.

— Bo'ldi, jo'ra, meni bilasan-ku! O'zi shusiz ham bir oyog'im bozorda, mayiz bozordayam, no'xat bozordayam, mol bozordayam tanishlarim ko'p! Kerak bo'lsa, bozorga kirgizmay ham bir-ikki moshin molni sotib yuboraman! — paytdan foydalanib bi-ir maqtangisi keldi Ergashning.

— Senga ishondim, do'st! Bo'lmasa shu gapimiz gap! Men enamga aytib qo'yaman, bitta-yarimta qo'shnini chaqirib kelsa, moshinga ortishib yuboradi! Uyga borgandan keyin bitta shirboz so'yib haq berish mendan! — dedi ancha kayfiyati ko'tarilib qolgan Xurshid xursand bo'lib.

— O'g'ling tuzalib, hech nima ko'rmaganday bo'lib ketsin, jo'ra, bitta shirboz bilan qutulmaysan, ho'kiz so'yib to'y qilib berasan! — dedi Ergash ham.

— Kelishdik, do'st, kelishdik!

* * *

«Bu Xurshid men bilgandan ancha pishiq ekan, — dedi Ergash o'ziga-o'zi qo'ni-qo'shnilar ko'magida mashinaga joylangan yetmish kilolik kanop xaltalar haqida o'ylarkan. — Bu yerda kamida besh tonna no'xat bor. Agar olti mingdan ketganda ham o'ttiz million pul bo'ladi. Salkam mundayroq bitta yengil mashinaning puli…» Uning xayolini hali no'xat bozorga yetib ulgurmasidan yo'lga yugurib chiqqan kishining savoli bo'ldi:

— Nima yuk bor, aka? O'zimiz yaxshigina pul berib olib qolamiz!

— No'xat… — dedi Ergash yonidagi haydovchi yigit Ulug'bekka bir qarab.

— Hammasi no'xatmi? Qaerniki? — dedi o'rta yoshlardagi olibsotar erkak.

— Ey, xuddi falon joyniki desam, butun Qo'shrabotning hamma joyini biladigandek, qaerda qanday no'xat bo'lishini biladigandek gapirasiz-a, — dedi Ergash ham gapni aylantirib.

— Endi, aka, Jumabozor ochilganidan beri shu yerda tirikchilik qilamiz. Qaerning nimasi yaxshi bo'lishini bilamiz-da, — dedi olibsotar ham.

— Sizni yaxshi tanib turibman, Norbek no'xatfurushsiz, — dedi Ergash.

— Assalomu alaykum, aka, endi biz ham bekorga bu yerda turganimiz yo'q, tirikchiligimiz shuning orqasidan… Bozorga kirsangiz yukingizga ega ko'payib ketadi, hozir, bilasiz, yosh-yosh bolalar ham ko'tara    mayiz, no'xat olib sotishga o'tib ketgan. Ular na kichikni biladi, na kattani, na bozorning shartini. O'shanga so'rayapman, yuk qaerniki, deb, agar savdomiz pishsa, o'zim ko'tarasiga olib qo'yaveraman, — dedi Norbek.

— Hali bozorga kirmagan bo'lsak, narx-navoni bilmasak, — deya ikkilandi Ergash no'xatfurushning astoydil xaridor bo'layotganidan quvonib tursa-da.

— E-e, aka, shuyam muammo bo'ldimi, mashinani bir chekkaga qo'ying, keyin ichkariga kirib bozorning eng oldi no'xatining pulini so'rab ko'ring. Men sizga siz aytgan narxda pul beraman. Nima dedingiz? — dedi Norbek Ergashning ikkilanayotganini sezib. U bunday holatlarda nima deb sotuvchilarni ko'ndirishni, qay yo'l bilan ularning ko'ngiliga yo'l topishni biladi. Chunki esini tanigandan beri bozorda. Bir ko'rishda kimga nima deb gapirishni biladi.

— Bo'ldi gap yo'q, uka, unda men bozorga birrov kirib chiqib, narx-navoni bilib kelay… — Ergash Norbekka shunday dedi. So'ng haydovchiga yuzlandi. — Men hozir kelaman.

Ergash bozorda ko'p qolmadi, uzog'i bilan o'n-o'n besh daqiqada qaytib keldi-da, uni yuk mashina yonida intiqlik bilan kutib turgan Norbekka so'z qotdi:

— Bu deyman, narxlar ancha qimirlab qopti-ku!

— A, endi shuning uchun ham bozorda, aka, kechagi gap bilan bugungi gap bir-biriga to'g'ri kelmaydi…

— Shunday-shunday, — o'zicha bir nimalarni chamaladi, shekilli, o'ylanibroq gapirdi Ergash.

— Nima qildik, aka? Agar ma'qul desangiz, mashinada bor yukingizni o'zim olaman. Gapim gap! — dedi Norbek no'xatfurush.

— Lekin… — nima deyishni bilmay ikkilandi Ergash.

— Lekin-pekinini bilmayman, aka, shaharlik bittasiga shu bozor ellik tonna yuk tayyorlab beraman, deb va'da berib qo'yganman. O'shaning uchun bozorning shartini ham buzib, umrimda birinchi marta ko'chaga chiqib «yo'lurdi» savdo qilyapman. Bo'lmasa mening gapim ham bozorda yerda qolgan emas, bir xil paytlar bo'ladi, butun Jumabozorning mayiz yo no'xatini o'zim olaman. Odamlar men qo'ygan narxga qarab narsa sotishadi, aka! — dedi Norbek Ergashning o'ng qo'lini ikki kafti orasiga olib qisar ekan. — Shunday vaqtlar bo'ladi-ki, «Bo'ldi, boshqa yuk olmayman», desam ham «Nasiyaga bo'lsayam, mayli», deb tashlab ketishadi. Ammo hozir, aytdim-ku, bittasidan pul olib qo'yganman. O'shanga aytgan yukini qilib berishim kerak, bo'lmasa belafz bo'lib qolaman.

— Hay, bo'pti, qanchadan berasiz kilosiga? — dedi no'xatfurushdan yaxshigina pul undirishini sezgan Ergash.

— Bozorda no'xat necha pul bo'lsa, o'shandan ming so'm ko'p beraman. Bo'ladimi?

Ergash nima deyishini bilmay qoldi. Chunki u no'xat bozordagi narxni eshitib ancha shoshib qolgan, bu narx Xurshid aytganidan deyarli ikki barobar baland edi.

— Yana nega ikkilanyapsiz, aka? Agar kam desangiz, bozorga kirmaymiz, mashinani uyga haydaysiz, o'sha yerda tortib olamiz, tarozi puli ham yonga qoladi, — dedi Ergashning xayolidan nimalar o'tayotganidan bexabar Norbek. — Mana, qarang, aka, hammasi yirik: ellik mingtalik, yuz mingtalik pullar. Bir qop qilib ko'tarib yurmaysiz.

— E-e, bizga mayda qulay, ishlatishga oson, yirik pulning hisobidan adashib ketasan, odam, — dedi Ergash aytishga boshqa gap topolmay.

— Gap yo'q, mayda desangiz mayda, yirik desangiz yirik, ko'kidanmi, yevromi, ayting, yest qilamiz! — dedi savdosi pishib kelayotganidan kayfiyati ko'tarilgan Norbek. — Qani, bo'lmasa, o'n bir mingdan bor barakami?!

— Ie, hali tarozi puli deganday ham bo'ldingiz-ku!

— Bo'ldi, aka, o'sha besh yuz so'mdan tarozi puli sizdan aylansin! Joningiz sog' bo'lsa bo'ldi! Kilosiga o'n bir mingdan plyus tarozi puli! Barakami?!

— Baraka!

* * *

Ergash shu yoshga kirib Norbek no'xatfurushdek dangal odamga duch kelganini eslay olmaydi. Mard odam ekan, yoniga ikki yigitni qo'shib   uyiga jo'natdi. Xalta-xalta no'xat mashinadan tushirilib, to'g'ri katta tarozining ustiga qo'yildi. Jami besh tonna uch yuz kilo no'xat chiqdi, bu Xurshid aytganidan ham, Ergash chamalaganidan ham ancha ko'p edi.

Bozorda yana no'xat olish bilan band Norbekning oldiga og'zi qulog'ida qaytgan Ergash no'xatfurushdan salkam oltmish bir million so'm pulni olarkan, qo'llari tugul, hatto oyoqlari ham qaltirib-qaltirab ketdi. Uning bu holatini ko'rgan Norbek miyig'ida kuldi. Chunki o'zi ham umrida birinchi marta katta pul ushlaganida oyoq-qo'li qaltirib, negadir boshi aylanib ketgandek bo'lgandi.

* * *

Ergash To'bay kabobpazning oshxonasiga kirib, qornini to'qlab, kamiga to'rt-besh piyola «oqi»dan «urib» olgach, xizmatchini chaqirib, hisob-kitob qildi-da, xuddi oq xaltachaga pul emas, tilla solib yurgandek g'o'daygancha rastalarni oraladi. Xayolida hamma unga qarayotgandek edi, shu sababli Ergashni ter bosdi. Keyin  chekkaroq bir joyga chiqdi-da, xaltachadagi pulni sanab, ikkiga ajratarkan, «Bu Xurshidning puli, to'rt tonna sakkiz yuz kilo», deb qo'ydi garchi kimning foydasiga adashayotganini yaxshi bilib tursa ham. Jami 28800000 so'm ajratildi, albatta, Norbek no'xatfurushga sotilgan narxda emas, balki Xurshid aytgan narxda. So'ng erinmasdan Toshkentga ketadigan kirakashlarni topib, ulardan biri bilan kelishib, Xurshidning telefon raqamini berdi-da, «Mana shu pulni bugundan qoldirmasdan Toshkentga yetkazasan!» deya tayinladi. Keyin anchadan beri ko'rishmagan ulfati Burxonni uchratib qolib, ikkisi yana To'bay kabobpazning oshxonasiga qarab yo'l solishdi. U yerda qancha o'tirishdi, nimalar yeb, qancha ichkilik ichishdi, hech kim bilmaydi…

* * *

Osmonni to'ldirib kelgan qop-qora bulutlar Oqtov bilan Qoratovning o'rtasiga kelganda turib qoldi go'yo. Keyin yomg'ir yog'di. Oradan ikki soatlar o'tib, tog'dan soylarni to'ldirib sel keldi. Yangiqishloq yonidagi qirda qo'y boqib yurgan o'n-o'n ikki yoshlar atrofidagi to'rt-besh chog'li bolalar anchadan beri soyda turgan oq «Jiguli»ni hayqirib kelayotgan sel qay tariqa chirpirak qilib oqizib ketganiga guvoh bo'lishdi. Ust-boshlari jiqqa ho'l bo'lib ketganiga qaramasdan bo'tana suvda bir ko'rinib, bir ko'rinmay ketayotgan «temir tulpor» ortidan hovliqqancha yugurayotgan bolakaylar bir kunda topgan puliga mashina sotib olgan va mast holda yo'lning o'rtasida uxlab qolgan Ergashning «Jiguli»si bilan birga selda oqib ketayotganini bilishmasdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1054 | Добавил: Admin | Теги: Hikoya | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:08
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031