• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 12 » “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida 2020-yilda umumiy qiymati 26 mln dollarlik to‘rtta korxona ishga tushadi
15:22
“Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida 2020-yilda umumiy qiymati 26 mln dollarlik to‘rtta korxona ishga tushadi

"Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 306 million dollardan ziyod bo‘lgan 19 loyiha amalga oshirilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Iqtisodiy zona 2017-yil 12-yanvarda tashkil qilingan, o‘sha yil oktabrda Prezident bu yerga kelib, taqdim etilgan loyihalar bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Qayd etishlaricha, hozirda zonada umumiy qiymati 306 million dollardan ziyod bo‘lgan, jumladan, 266 million dollardan ortiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar evaziga, umumiy hisobda 19 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Ularda sendvich panellar, yuvish vositalari, avtomobil radiatorlari, qurilish materiallari, trikotaj mahsulotlari, tibbiyot qo‘lqoplari, poyabzallar va boshqa tovarlar ishlab chiqarilmoqda. 1100 dan ziyod kishi ish bilan ta’minlangan. 2020-yilda "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 26 million dollardan ziyod yana 4 ta korxona foydalanishga topshirilishi hamda 488 ta ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida 12-mart kuni ushbu erkin iqtisodiy zonada bo‘ldi, bu yerda yanvar oyida ishga tushgan Develop Textile korxonasi faoliyati bilan tanishdi. "Shu yerda Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Davlatimiz rahbari ular yuzasidan ko‘rsatmalar berdi”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.
Категория: Har-Hil | Просмотров:551 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031