• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 10 » “Halqa tobora qisqarmoqda”. Sog‘liqni saqlash vaziri koronavirus xavfi to‘g‘risida gapirdi
21:28
“Halqa tobora qisqarmoqda”. Sog‘liqni saqlash vaziri koronavirus xavfi to‘g‘risida gapirdi

Jahon bo‘ylab keng yoyilayotgan COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish va o‘lim holati ko‘proq yoshi katta insonlarda kuzatilmoqda. Bu haqda 10-mart, seshanba kuni, AOKAda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining profilaktikasi va uning kirib kelishining oldini olish masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Anjumanda sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov COVID-19’ning dunyoga xavf solayotgani, epidemiyaning mamlakatga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida gapirdi.

"Xitoyda qayd etilgan epidemiya afsuski, dunyoning yuzlab mamlakatida ham tarqaldi va bu kun sayin kengaymoqda. O‘zbekiston rahbariyati, hukumati va tegishli vazirliklar doimiy monitoring va tahlil olib boryapti. Har kungi statistik ma’lumotlar maxsus shtabda tahlil qilinib, zarur profilaktik choralar ko‘rilmoqda.

Ming afsuski, koronavirus bo‘yicha raqamlar tobora faqat o‘smoqda. Lekin bizni quvontiradigan jihatlar ham yo‘q emas. Kasallikni davolash borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar ijobiy yutuqlarni ham beryapti. Masalan, Uxanda kuchli tartib tufayli keskin tarqalish pasayib, o‘lim soni kamaydi. Lekin Janubiy Koreya va Italiyada tarqalish ko‘rsatkichi yuqoriladi. Janubiy Koreyada vaziyat ijobiy tomonga o‘zgargan bo‘lsa-da, biroq o‘lim holati kuchaymoqda. Eronda kasallik ko‘rsatkichlari o‘sib boryapti. Fransiya, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda ham vaziyat yaxshi emas. Yaponiyada esa barqarorlikka erishish boshlandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tayyorlagan xaritada ko‘rganlaringizdek, bu kasallik barcha qit’alarni qamrab oldi. Markaziy Osiyo esa koronavirusdan holi hudud bo‘lib turibdi. Ammo bu halqa borgan sari qisqarmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, JSST bilan hamkorlikda muntazam ravishda ishlayapmiz. Prezidentimiz farmoyishiga asosan, favqulodda komissiya tashkil etilgan. Unga O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Nig‘matovich Aripov raislik qilmoqda. Mazkur komissiya ishi idoralararo, sektorlararo doimiy ravishda olib borilmoqda”, — dedi Alisher Shodmonov.
Категория: Har-Hil | Просмотров:609 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:04:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031