• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 3 » G‘arb maxsus xizmatlari Xitoyni koronavirusga oid dalillarni yo‘q qilishda aybladi
12:17
G‘arb maxsus xizmatlari Xitoyni koronavirusga oid dalillarni yo‘q qilishda aybladi

Xitoy 2019-yilning oxirlarida Uxan provinsiyasi tarqalgan yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga oid dalillarni qasddan yo‘q qilib yuborgan. Bu haqda AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya maxsus xizmatlarini birlashtiruvchi "Besh ko‘z” razvedka alyansi tomonidan tayyorlangan 15 varaqli hisobotga tayanib, The Daily Telegraph xabar berdi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, Xitoy hukumati koronavirus paydo bo‘lishiga oid har qanday ma’lumotni yashirib, shu orqali boshqa mamlakatlarni xavf ostiga qo‘ygan. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy COVID-19 borasida laboratoriyalarda o‘tkazilgan tajribalarga oid dalillarni ham yo‘q qilib, vaksina yaratish ustida ish olib borayotgan xorijlik olimlarga biomateriallarni taqdim etishdan bosh tortgan.

Hisobot mualliflarining fikricha, Pekinda o‘tgan yilning dekabr oyi boshida infeksiyaning odamdan odamga yuqishi borasida dalillar bo‘lgan, biroq buni 20-yanvarga qadar yashirib kelgan. Hujjatga ko‘ra, 3-yanvar kuni Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi koronavirus namunalarini yo‘q qilish va noma’lum infeksiyasi haqida ma’lumotlarni e’lon qilmaslik bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Daily Telegraph’ning yozishicha, hisobotda Uxan institutidan bo‘lgan doktor Shi Chjenli boshchiligidagi virusolog olimlar guruhi haqida so‘z boradi. Ular 2013-yil Yunnan provinsiyasidagi g‘orlarda ko‘rshapalak axlatlari ustida tadqiqot olib borgan. Aniqlanishicha, namunalar 96,2 foiz COVID-19 koronavirus infeksiyasini keltirib chiqaruvchi SARS-CoV-2 virusiga o‘xshash. Bundan tashqari, olimlar SARS koronaviruslarining sintezi ustida taqdiqot o‘tkazib, u ko‘rshapalakdan sutemizuvchilarga yuqishi mumkinligini tahlil qilgan. 2015-yilning noyabrida Shimoliy Karolina universiteti bilan birgalikda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, SARS’ga o‘xshash ushbu virus ko‘rshapalaklardan odamga to‘g‘ridan to‘g‘ri yuqishi va uni davolab bo‘lmasligi aniqlangan.

Oradan bir necha yil o‘tgach, 2019-yilning martida doktor Chjenli va uning jamoasi, xususan, Avstraliyada besh yil davomida ishlagan Pen Chou tibbiyot jurnallarining birida Bat Coronaviruses ("Ko‘rshapalaklar koronavirusi”) nomli maqola e’lon qilgan. Unda olimlar "viruslarning qaynoq nuqtalari va ularning turlararo potensial tarqalishi” haqida yozib, o‘z ishlarini "Xitoydagi ko‘rshapalaklar koronavirusini o‘rganish orqali navbatdagi kasallik tarqalishi xususiyatini tushunish” deya izohlagan. Maqolada shunday deyilgan: "SARS yoki MERS kabi koronaviruslar kelajakda ko‘rshapalaklardan tarqaladi va bu Xitoyda sodir bo‘lishning yuqori ehtimolligi mavjud”.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Pekinni koronavirusga oid faktlarni yashirgani uchun javobgarlikka tortishga va’da bergan edi. Missuri shtati bosh prokurori esa koronavirus sabab Xitoyni sudga bergandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:493 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:36
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь