• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 24 » G‘alaba paradida qatnashish uchun Moskvaga borgan Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari orasida koronavirus aniqlandi
14:20
G‘alaba paradida qatnashish uchun Moskvaga borgan Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari orasida koronavirus aniqlandi

Rossiya poytaxti Moskva shahrida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan G‘alaba paradida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari orasida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Moskvaga uchib kelgach, belgilangan talablarga binoan Qirg‘iziston prezidenti, uning delegatsiyasi a’zolari va kuzatuvchilar koronavirusga test topshirgan.

Qirg‘iziston prezidenti apparatining tashqi siyosat bo‘limi rahbari Doniyor Sidiqov va qo‘riqlash xizmati xodimining koronavirus testlari ijobiy natija bergan.

Shu sababli, Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov paradda ishtirok etmayapti.

"Gazeta.uz”ning yozishicha, Qirg‘iziston Qurolli kuchlari bo‘linmasi boshqa xorijiy davlatlarning parad bo‘linmalari qatorida Qizil maydondan saf bilan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur paradda qatnashish uchun 23-iyun kuni Moskvaga yetib bordi. Shu kuni Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. O‘zbekiston prezidenti ayni paytda paradda ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, Vladimir Putin Moskvada o‘tadigan G‘alaba paradiga barcha MDH davlatlari rahbarlarini taklif qilgan. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakatlaridagi epidemiologik vaziyat tufayli, Turkmaniston prezident Gurbanguli Berdimuhamedov 29-iyunda 63 yosh — Payg‘ambar yoshiga to‘lishi sabab tantanali tadbirlarga bora olmasligini e’lon qilgan. Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev esa koronavirus yuqtirib olgan va u ham Moskvaga bormagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:487 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:55
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь