• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 30 » Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi kelasi mavsumiga yo‘llanma olgan bitta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Filippo Inzagi boshqaruvidagi “Benevent
16:35
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi kelasi mavsumiga yo‘llanma olgan bitta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Filippo Inzagi boshqaruvidagi “Benevent

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston yoshlariga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Assalomu alaykum, aziz yoshlar!

Barchangizni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Bugun sizlar uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Zero, yoshlarning bandligi, uy-joy ta’minoti, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, ta’lim olish va kasb o‘rganishga bo‘lgan talabi davlatimizning doimiy diqqat markazidadir.

Prezidentimizning O‘zbekiston yoshlariga yo‘llagan tabrigida ta’kidlanganidek, yoshlarimizni jismoniy sog‘lom, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash uchun besh ijobiy tashabbus doirasida ko‘plab stadionlar, suv havzalari, sport majmualari va saroylari barpo etilmoqda. Eng muhimi, farzandlarimiz o‘rtasida sport bilan muntazam shug‘ullanadigan, sog‘lom turmush tarzini o‘z hayotiy maqsadiga aylantirgan yigit-qizlar safi kengayib bormoqda.

Albatta, bunga javoban o‘g‘il-qizlarimiz jonkuyarlik, vatanparvarlik va hamjihatlik tuyg‘ularni his qilgan holda turli tashabbuslarni ilgari surmoqda.

Mamlakatimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida mustahkam tashkiliy va huquqiy baza yaratilgan. Bu borada bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.

Albatta, yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat’iy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning bugungi va ertangi taraqqiyotida tobora hal qiluvchi kuchga aylanib boryapti. Shu o‘rinda mahalliy kengashlarda 262 nafar 30 yoshgacha bo‘lgan deputatlar faoliyat olib borayotgani bizni behad quvontiradi.

Yana bir jihat, kadrlar siyosatida ham yoshlar omiliga alohida e’tibor qaratilib, bilimli, tashabbuskor yoshlarimizga eng mas’uliyatli vazifalar ishonib topshirilmoqda. Yoshlar parlamenti shular jumlasidandir.

Kuni kecha Senatning "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzurida Yoshlar parlamentini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani ham mamlakatimizda yoshlar siyosatiga alohida ahamiyat qaratilayotganining yana bir amaliy ifodasidir.

Albatta, bu yoshlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning muammolarini parlament minbariga olib chiqish, qonun ijodkorligida yoshlarning ishtirokini ta’minlash imkonini beradi. Qolaversa, bo‘lg‘usi Senat a’zolari hamda siyosatchilarni tayyorlash, yoshlarni ulkan maqsad va aniq loyihalarga yo‘naltirib borish kabi vazifalarni ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Qisqa qilib aytganda, davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlarning ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.

Ishonchim komilki, Yoshlar parlamenti o‘g‘il-qizlarimizning o‘z fikrlarini baralla aytishi uchun yuksak minbar bo‘ladi. Sababi, Yoshlar parlamentining har bir a’zosi o‘zi istiqomat qiladigan hudud yoshlariga tegishli muammolarini o‘rganib, sabablarini aniqlab, uni yoshlar o‘rtasida muhokama qiladi, yoshlarni qonun ijodkorligi jarayoni, parlament nazorati bilan yaqindan tanishtirib boradi.

Qadrli yoshlar!

Barchangizni Yoshlar kuni va Yoshlar parlamenti a’zoligiga saylanganingiz bilan yana bir bor samimiy qutlayman. Sizlarga sihat-salomatlik, ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Ilm o‘rganishdan, ko‘zlagan maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlashdan charchamang!

Oliy Majlis Senati raisi, Tanzila Norboyeva

Bundan avval Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlariga tabrik yo‘llagani xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 30-iyun Yoshlar kuni sifatida 2017-yilda belgilangan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:446 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:37
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь