• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 2 » Futbol bo‘yicha Belgiya chempionati koronavirus sabab butkul to‘xtatiladi va chempion e’lon qilinadi
20:23
Futbol bo‘yicha Belgiya chempionati koronavirus sabab butkul to‘xtatiladi va chempion e’lon qilinadi

Futbol bo‘yicha Belgiya chempionatining 2019/20-yilgi mavsumi oxirigacha davom ettirilmaydi, deb xabar bermoqda HLN.

Koronavirus pandemiyasi sabab Belgiyada chempionat davom ettirilmaydi va chempion sifatida "Bryugge” jamoasi e’lon qilinadi. Ikkinchi o‘rin sohibi sifatida "Gent” tan olingan holda Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqadi.

Yevropa Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanmani "Sharlerua” klubi qo‘lga kiritadi. "Antverpen” hamda "Standard” klublari esa Yevropa Ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun saralash bosqichida ishtirok etadi.

Ushbu qaror liga rahbariyati tomonidan ma’qullangan. Bu haqidagi rasmiy xabar esa bosh assambleyadan so‘ng e’lon qilinishi (15-aprel) ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari Belgiya Kubogi hamda 2 Liga musobaqasi bo‘yicha qaror qabul qilish uchun maxsus ishchi guruh yig‘iladi.

Ma’lumot uchun, Belgiya Pro Ligasida 16 ta jamoa bor. Ular dastlab uyda va safarda bir-biriga qarshi bahs o‘tkazadi. Dastlabki 6 ta o‘rinni band etgan jamoalar esa ikkinchi bosqichda chempionlik hamda yevrokuboklar yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropada koronavirus sabab deyarli barcha mamlakatlar futbol va boshqa musobaqalarni to‘xtatdi. Faqatgina Belarusda milliy chempionat bahslari davom ettirilmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:503 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь