• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 24
Гостей: 24
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 24 » “Farg‘onaazot”, Qo‘ng‘irot soda zavodi va Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodidagi davlat ulushi investorlarga sotilishi mumkin
19:14
“Farg‘onaazot”, Qo‘ng‘irot soda zavodi va Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodidagi davlat ulushi investorlarga sotilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-fevral, dushanba kuni, kimyo sanoatini isloh qilish bo‘yicha istiqbolli rejalar hamda 2020-yilda amalga oshiriladigan asosiy vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev 2020-yil yanvar oyida parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasida va Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida kimyo sohasiga alohida e’tibor qaratib, hukumat oldiga sohani modernizatsiya qilish, ilm-fan va innovatsiyalarni keng joriy etish bo‘yicha qator vazifalar qo‘ygan edi.

"Bu bejiz emas. Chunki mazkur tarmoqda muammolar, hali foydalanilmayotgan imkoniyatlar ko‘p. Jumladan, yurtimizda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan, murakkab tarkibga ega bo‘lmagan kimyo mahsulotlari chetdan olib kelinmoqda”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Ta’kidlanishicha, eksport strukturasi diversifikatsiya qilinmagan, bunda hanuzgacha mineral o‘g‘itlar ulushi juda katta. Ishlatilayotgan uskunalar 60 foiz eskirgan, energiya sarfi me’yordan 2-3 baravar ortiq. Yig‘ilishda sohani isloh qilish, salohiyatini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilangan.

Tarmoqdagi har bir korxona faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, mahsulotlar sifatini oshirish, energiya sarfini kamaytirish hisobiga tannarxni pasaytirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Raqamli texnologiyalarni qo‘llash, inson hayoti uchun xavfli jarayonlarda avtomatizatsiya darajasini ko‘tarish muhimligi qayd etilgan.

Kimyo sohasida yangi yo‘nalishlarni rivojlantirish, bunga xorijiy investorlarni keng jalb qilish zarurligi ta’kidlangan. To‘qimachilik, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, iste’mol tovarlari, oziq-ovqat va farmatsevtika uchun zarur xomashyo ishlab chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

"Navoiyazot”da polivinilxlorid ishlab chiqarishni tez muddatda loyiha quvvatiga olib chiqish hamda ikkinchi bosqichini loyihalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. "Farg‘onaazot”, Qo‘ng‘irot soda zavodi va Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodida davlat ulushini investorlarga sotish masalalariga ham to‘xtalib o‘tilgan.

Kichik tonnajli kimyo mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, shu maqsadda "Navoiyazot”da bo‘sh turgan maydonlar negizida ixtisoslashgan kichik sanoat zonasi tashkil qilish zarurligi ham qayd etilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:575 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829