• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 24 » Farg‘ona va Qashqadaryodagi koronavirus xavfi past bo‘lgan hududlarda karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatiladi
20:57
Farg‘ona va Qashqadaryodagi koronavirus xavfi past bo‘lgan hududlarda karantin choralari bosqichma-bosqich yumshatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 24-aprel, juma kuni, aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatlarini tiklash masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Videoselektor yig‘ilishida Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror ishlatish, aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, ayni paytga qadar Farg‘onada 120 nafar, Qashqadaryoda 6 nafar fuqaro koronavirus bilan kasallangan.

Karantin davrida Farg‘onada 10 ming, Qashqadaryoda 11 mingta korxonaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari keskin kamaygan. Buning oqibatida ayni paytda ishsizlar soni oshgan. Bundan tashqari, Farg‘onada 56 mingta, Qashqadaryoda 91 mingta ehtiyojmand oila mavjud.

Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi va ushbu viloyatlar hokimlariga kasallik yuqtirish xavfi yuqori, o‘rta va past darajada bo‘lgan tuman hamda faoliyat turlarini tahlil qilib, karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish bo‘yicha Respublika komissiyasiga taklif kiritish topshirig‘i berildi.

Avvalroq 24-aprel hisobidan Qashqadaryoda ikki kishi, Farg‘ona viloyatida 19 kishi (ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor) koronavirusdan sog‘aygani ma’lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda koronavirus aniqlanmagan hududlarda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish yuzasidan topshiriq bergan edi. Prezident tomonidan 22-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektorda O‘zbekistonning koronavirus qayd etilmagan hududlarida sanoat korxonalari va klasterlar o‘z ishini qayta boshlagani ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda 24-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1778 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 617 nafari esa sog‘aygan, sakkiz kishi kasallik oqibatida vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:594 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:11:18
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь