• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 18
Гостей: 18
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 29 » Eron Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun Trampni qamoqqa olish haqida order berdi va Interpolga murojaat qildi
20:59
Eron Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun Trampni qamoqqa olish haqida order berdi va Interpolga murojaat qildi

Eronning sud hokimiyati AQSh prezidenti Donald Tramp va yana 30 kishini qamoqqa olish haqida order berdi. Rasmiy Tehronning fikricha, Tramp va mazkur 30 nafar shaxs 2020-yilning 3-yanvar kuni Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi "Al-Quds” maxsus bo‘linmasi generali Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishida javobgar hisoblanadi. Bu haqda "Interfaks” xabar berdi.

Tehron prokurori Ali Mehrning so‘zlariga ko‘ra, Tramp va boshqa shaxslar "qotillik va terrorizm”da ayblanmoqda. Biroq prokuror Eron Tramp bilan birga yana kimlarni hibsga olishni istayotganiga aniqlik kiritmagan.

Uning qayd etishicha, Eron hatto Tramp prezidentlik lavozimini tark etganidan keyin ham adolatni tiklashni rejalashtirmoqda.

Prokurorning ma’lum qilishicha, Eron Interpoldan Tramp va Sulaymoniyning o‘limida ayblanayotganlarni qo‘lga olish uchun "qizil ogohlantirish”ni yoqishni, ya’ni bu ishga eng yuqori ustunlik berishni so‘ragan.

Biroq Interpol tomonidan hozircha Eron hukumatining so‘roviga hech qanday izoh berilmagan.

Trampning buyrug‘iga ko‘ra, 2020-yilning 3-yanvar kuni general Qosim Sulaymoniy Bag‘dodda o‘ldirilgan. AQSh prezidenti Sulaymoniyni terrorchi deb atagan, Eron generalning o‘limi uchun o‘ch olishga va’da bergan. Bu voqea ortidan Eron 2015-yil iyulida imzolangan yadroviy kelishuvdan to‘liq chiqqanini e’lon qildi.

8-yanvarga o‘tar kechasi Eron AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga raketa zarbalari bergan. Raketa zarbalari berish chog‘ida Tehrondan havoga ko‘tarilgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari” kompaniyasining Boeing 737 samolyoti xatolik sababli urib tushirilgan. Samolyot bortida bo‘lgan 176 kishi halok bo‘lgan.

Shundan so‘ng, AQSh Eronga qarshi yangi sanksiyalarni joriy qildi. Eronda esa Trampni o‘ldirish uchun 3 million dollar mukofot e’lon qilindi.

Keyinroq Eronda general Sulaymoniyning ortidan josuslik qilishda ayblangan fuqaro o‘limga hukm qilindi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:469 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:12
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь