• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 10 » Elmira Bositxonova: Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida nimalargadir ulgurdim, nimalargadir kuchim yetmadi
20:24
Elmira Bositxonova: Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida nimalargadir ulgurdim, nimalargadir kuchim yetmadi

Elmira Bositxonova O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatidagi faoliyati davomida ko‘plab oddiy masalalarni hal qilishda ham vazirlardan yordam olishga to‘g‘ri kelganini tan oldi. U bu haqda jurnalistlar bilan ochiq muloqotda aytib o‘tdi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida nimalargadir ulgurdim, nimalargadir kuchim yetmadi. Masalan, huquqiy masalalarda to‘siqlar bo‘lsa, ularni vazirlarga qo‘ng‘iroq qilsamgina yechish mumkin edi. Tumanlardagi oddiy muammolarni yechishda ham qiyinchiliklar bor edi.

Salomatlik masalasida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi. Masalan, bir narsani ko‘p bora takrorlaganman — o‘tgan 20 yil davomida tizimdagi akusher-ginekologlarning homilador ayollarga birlamchi yordam berishi tizimini, bolalarga profilaktik tibbiy yordam berish tizimini yo‘qotib qo‘ydik.

Elmira Bositxonova, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri birinchi o‘rinbosari

O‘zbekistonda 2020-yil fevralida Mahalla va oila masalalari vazirligi tashkil etildi. Shu munosabat bilan Xotin-qizlar qo‘mitalari tugatildi, bungacha ushbu qo‘mitalarga raislik qilgan aksariyat ayollar joylarda tuzilgan mahalla va oila masalalari bo‘yicha organlar rahbarlarining birinchi o‘rinbosarlariga aylandi.

Xususan, vazirlik tashkil etilguniga qadar O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Elmira Bositxonova mahalla va oila masalalari vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Qayd etish joiz, vazirlik tomonidan o‘z vakolati doirasida qabul qilingan qarorlarning ijrosi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:873 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:44
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031