• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 4 » Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 3,5 mln kishidan oshib ketdi
12:58
Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 3,5 mln kishidan oshib ketdi

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo bo‘ylab 3,5 milliondan ortiq odam koronavirusga chalingan. Salkam ikki hafta avval, 21-aprel kuni, kasallanish holati 2,5 milliontaga yetgandi, deb xabar bermoqda "RIA Novosti”.

4-may holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bo‘yicha dunyoda 3 502 126 ta holati qayd etilgan, kasallik oqibatidan 247 mingdan ortiq kishi vafot etgan, 1,1 milliondan ortiq bemor sog‘aygan.

Kasallanganlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinda AQSh bo‘lib, u yerda 1,1 million kishida koronavirus aniqlangan. Shuningdek, koronavirus qurbonlari soni  (67,4 ming kishi) bo‘yicha ham birinchi o‘rinda turibdi. Biroq 16-aprel kuni mamlakat rahbari Donald Tramp xabar berganidek, AQSh koronavirus bilan kasallanishning eng yuqori cho‘qqisidan o‘tdi.

Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha AQShdan keyingi o‘rinlarda Ispaniya va Italiya turibdi. Ularda 217,4 ming va 210,7 ming kishi kasallangan. Ushbu ikki mamlakatda ham aprel oyi o‘rtalarida kasallanish va o‘lim holatlari kamaygani qayd etilgan.

Kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Buyuk Britaniya (187,8 ming kishi), Fransiya (168,8 ming) va Germaniya (165,6 ming) egallab turibdi. Rossiya ushbu ro‘yxatda 134,6 mingta kasallanish holati bilan yettinchi o‘rinda.

Koronavirus bilan kasallanganlar orasida o‘lim darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Italiya bo‘lib, mamlakatda 28,8 ming kishi vafot etdi. Undan keyingi o‘rinda Buyuk Britaniya: bu davlatda epidemiya boshlangandan beri 28,4 mingta o‘lim qayd etilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1-may kuni koronavirus pandemiyasi tufayli global favqulodda vaziyat rejimini o‘z kuchida qoldirdi. 23-yanvar kuni, 600 kishi infeksiya yuqtirib olgani ma’lum bo‘lganida, JSST kasallikning tarqalishini favqulodda vaziyat deb tan olishdan bosh tortdi, ammo bir hafta o‘tgach, 6 mingdan ortiq odam yuqtirganida tashkilot o‘z qarorini o‘zgartirdi. 11-mart kuni JSST koronavirus tarqalishini pandemiya deb baholadi.

Minnesota universiteti huzuridagi Yuqumli kasalliklar bo‘yicha tadqiqotlar markazi mutaxassislarining fikriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi bir necha yil davom etishi mumkin va dunyo aholisining uchdan ikki qismi virusni yuqtirib, unga immunitetga hosil qilmagunicha kuzatiladi. Mamlakatlar tomonidan infeksiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilgan choralarga qaramay, kelajakda koronavirus tarqalishda davom etadi, 2022-yildan keyin uning yangi holatlari paydo bo‘lishi mumkin, deydi mutaxassislar.
Категория: Har-Hil | Просмотров:490 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:47
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь