• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 18 » Deutsche Bank tomonidan ma’lum qilinishicha, urush, pandemiya yoki tabiiy kataklizm bilan bog‘liq global inqiroz ehtimoli keyingi o‘n yil ic
22:32
Deutsche Bank tomonidan ma’lum qilinishicha, urush, pandemiya yoki tabiiy kataklizm bilan bog‘liq global inqiroz ehtimoli keyingi o‘n yil ic

Deutsche Bank tomonidan ma’lum qilinishicha, urush, pandemiya yoki tabiiy kataklizm bilan bog‘liq global inqiroz ehtimoli keyingi o‘n yil ichida 33,5 foizni tashkil qiladi. Bu haqda "RBK” xabar berdi.

Bank tomonidan qayd etilishicha, bunday ehtimol Yevropadagi hozirgi klub futboli favoriti "Bavariya”ning joriy yilda Chempionlar ligasida g‘alaba qilish ehtimolidan ko‘proq.

To‘rtta xavf

Deutsche Bank’ning strategi Jim Rid boshchiligidagi tahlilchilar to‘rtta ekstremal xavfni ularga bir yil ichida yuz berish ehtimolini bergan holda ko‘rib chiqdi.

Qurbonlari soni 2 million kishidan ortishi mumkin bo‘lgan gripp pandemiyasi — 2 foiz;

Eng kuchli vulqon otilishi — 0,15 foiz;

Quyoshdagi chaqnash sababli yuz beradigan, 1859-yilda yuz bergan quyoshning superto‘lqiniga o‘xshash magnit bo‘roni — 1,06 foiz;

Jahon urushi — 0,625 foiz.

Agar hodisaning yuz berish ehtimoli bir yilda 2 foizga teng bo‘lsa, bu hodisaning ehtimolligi o‘n yilda binominal taqsimlash qonuniga asosan 16,7 foizga teng bo‘ladi. Deutsche Bank tomonidan ko‘rib chiqilayotgan hodisalar mustaqil hisobalandi, ya’ni ularning ehtimoliyligini bir-biriga qo‘shish mumkin. Keyingi o‘n yillikda ulardan birining yuz berish ehtimoli 33,5 foizni tashkil qiladi. Bunday ehtimollik 20 yilda 55,7 foizgacha ko‘tariladi.

Deutsche Bank pandemiya, vulqon otilishi va quyosh chaqnashi ehtimollari baholarini boshqa tadqiqotlardan olgan. Jahon urushi ehtimolini baholash uchun bank tahlilchilari konservativ 0,625 foiz yoki yillik 160 dan bitta ehtimolni olgan. Qayd etilishicha, bu baholar so‘nggi yuz yillik tarixi dalolat beradigan ehtimollardan kamroq, bu hozirgi kunda nisbatan o‘zaro bog‘langan xalqaro vaziyat va yadro quroli ta’sirini tiyib turish bilan bog‘liq.

Kataklizmlar effekti

VEI-7 kategoriyasidagi vulqonning otilishi (bunda otilgan kul hajmi 100 kub kilometrdan oshadi) so‘nggi marta 1815-yilda yuz bergan (Indoneziyadagi Tambora vulqoni). Kataklizm o‘n minglab odamning hayotiga zomin bo‘lgan. Tadqiqotchilar bunday kuchdagi otilish chastotasini 1000 yilda ikki marta deb baholamoqda, shu sababli Deutsche Bank bunday hodisa 667-yilda bir marta yuz berishini hisoblab chiqdi. VEI-7 kategoriyasidagi vulqonning otilishi yaqin atrofda yashovchi odamlar hayotini xavf ostiga qo‘yadi, aviaqatnovlarni jiddiy cheklaydi (ta’sir hozirgi pandemiya cho‘qqisiga chiqqan paytdagi kabi bo‘ladi) va global haroratga ta’sir ko‘rsatadi (atmosferaning kul bilan ifloslanishi oqibatida harorat pasayishi mumkin), bu esa qishloq xo‘jaligiga zarar yetkazadi.

Bankning qayd etishicha, 1859-yildagi "Kerrington hodisasi” (hodisa ana shu quyosh chaqnashini kuzatgan havaskor astronom nomiga atalgan) qamroviga teng bo‘lgan geomagnit bo‘roni elektronikaga asoslangan zamonaviy infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Telekommunikatsiya buziladi, to‘lov tizimlari ishlashdan to‘xtashi mumkin, GPS sun’iy yo‘ldoshlari esa uzilishlarga uchrashi mumkin, bu esa aviatsiya kabi aniq joyni aniqlash zarur bo‘lgan sohalarda muammolarni yuzaga keltiradi.

Ta’kidlanishicha, global inqirozlar kamdan kam hollarda bir-biridan alohida yuz beradi: ko‘pincha ular bir-biriga bog‘liq bo‘ladi va boshqa sohalarda ikkilamchi ta’sirni keltirib chiqaradi. Masalan, hozirgi pandemiya AQSh va Xitoy munosabatlarida taranglikning oshib ketishiga sabab bo‘ldi. 1789-yildagi fransuz inqilobi bir necha yil davom etgan va oziq-ovqat narxining keskin oshishiga olib kelgan hosilsizlikdan keyin yuz bergan.

Bank ekspertlari asteroid tushishi kabi ekstremal xatarlarni tahlil qilmagan, chunki uning ehtimoli juda kam hisoblanadi. Biroq ularning qayd etishicha, bunday hodisani yuz bermaydiganlar qatoriga qo‘shib bo‘lmaydi. 2013-yilda Yerga "Chelyabinsk” nomli yirik meteorit tushgan, 1908-yilda esa undan ham kuchliroq deb hisoblanadigan "Tungus” meteoriti tushgan. Taxminan 1490-yilda Xitoyda eng kuchli meteorit yomg‘iri kuzatilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:497 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:32
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь