• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 26
Гостей: 26
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 19 » COVID-19 o‘zidan oldingi viruslarga qaraganda qanchalik xavotirli? So‘nggi yigirma yillikning eng xavfli epidemiyalari
17:40
COVID-19 o‘zidan oldingi viruslarga qaraganda qanchalik xavotirli? So‘nggi yigirma yillikning eng xavfli epidemiyalari

Dunyoni tobora qamrab borayotgan yangi turdagi COVID-19 tojli virusi O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Respublikamiz hududida virus bilan kasallanganlar soni 18 kishiga yetdi. Holat Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya deb tan olindi. Barchani birdek xavotirga solayotgan kasallik o‘zidan oldingi viruslarga qaraganda qanchalik xavfli? Odamlar tomonidan bildirilayotgan xavotirlar asoslimi? Buni bilish uchun so‘nggi yigirma yillikning eng xavfli epidemiyalari haqida.
SARS – og‘ir o‘tkir respirator sindrom

Tojli virus oilasiga kiruvchi ushbu epidemiya XXI asr boshlanishida paydo bo‘ldi. 2002-yilda Xitoy janubidagi Guandong provinsiyasida aniqlangan SARS-Cov virusi butun janubi-sharqiy Osiyo, Shimoliy Amerika va Yevropadagi 37 ta davlatda keng tarqaldi. Asosiy qurbonlar Xitoy va Gongkong hisobiga to‘g‘ri keldi.

Boshida atipik pnevmoniya deya tashxis qo‘yilgan kasallik, keyinchalik og‘ir o‘tkir respirator sindrom (SARS) ekani aniqlandi. Fransiyadagi Paster instituti ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik XXI asrning ilk xavfli epidemiyasi edi. Kasallik Xitoy bozorlarida xaridorgir bo‘lgan, asosan, go‘shti uchun sotiladigan ko‘rshapalaklardan insonga o‘tgan.

JSST xabariga ko‘ra, o‘lim bilan bog‘liq holatlar 15 foizdan, ba’zan 65 yoshdan yuqori bo‘lgan bemorlar orasida 50 foizdan ham oshishi mumkin. 2002–2003-yillar davomida bu kasallik bilan 8,5 mingga yaqin inson kasallangan bo‘lsa, shundan 800 ga yaqini vafot etgan. Kasallikning asosiy belgilari kuchli shamollash, nafas yo‘llari simptomlari, bosh og‘rig‘i va umumiy holsizlik.

Unga qarshi vaksina haligacha ishlab chiqilmagan. OAV xabariga ko‘ra, AQSh, Kanada, Rossiya va Xitoyda vaksina ishlab chiqish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.
Parranda grippi

2003–2004-yillarda janubi-sharqiy Osiyo davlatlarida, jumladan, Gongkongda juda ko‘plab parrandalar qirilib ketishiga olib kelgan H5N1 virusi, boshqacha aytganda, parranda grippi shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Virus dastlab hayvonda paydo bo‘lgan bo‘lsada, uning insonga yuqishi kuzatilganidan keyin JSST butun dunyoda favqulodda holat e’lon qildi.

O‘sha yili kasallikdan o‘lganlar soni 400 nafardan oshib ketdi. 2014-yilgi JSSTning ma’lumotlariga ko‘ra, kasallanganlar orasida o‘lim holati 59 foizga yetdi. Butun dunyo bo‘ylab ommaviy ravishda parrandalarni yo‘q qilish amaliyoti o‘tkazildi.

Gripp A (H1N1) yoki "cho‘chqa grippi”

Yana bir hayvonlar bilan bog‘liq kasallik 2009-yilning mart oyi oxirida Meksikada boshlandi, keyinchalik, AQSh, G‘arbiy Yevropa va Rossiyada keng tarqaldi. Shu yilning iyun oyiga borib JSST jahon miqyosida favqulodda holat e’lon qildi.

Dastlabki aniqlangan payti uni cho‘chqa grippi deb nomlashdi. Sababi u cho‘chqalarda uchraydigan zoonotik shtammdan kelib chiqqan deb hisoblandi. Keyinchalik, olimlar H1N1 virusini odam, parranda va cho‘chqa gripplari virusli genlarining birikmasidan tarkib topganini aniqladi. Mazkur pandemiya H1N1 turidagi virus sababidan kelib chiqqan tarixdagi ikkinchi yirik pandemiya edi. Birinchisi, 1918-yilda Ispan grippi oqibatida e’lon qilingan edi. 2009–2010-yillarda JSST va turli tashkilotlar bergan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 18 mingdan 500 mingacha odam ushbu virusdan vafot etgani ma’lum bo‘ldi.

Butun dunyoda ommaviy cho‘chqa grippiga qarshi emlash amalga oshirildi. Bir qator g‘arb davlatlari va JSST tashkiloti vaziyatni bo‘rttirib ko‘rsatishda ayblanib, tanqidlarga uchradi. Chunki oddiy mavsumiy grippdan har yili 250 mingdan 500 mingacha odam vafot etishi, lekin bunday vahima ko‘tarilmasligi ko‘p bor takrorlandi.

Bugungi kunda Yevropada ushbu gripp oddiy mavsumiy gripp ko‘rinishida har yili takrorlanadi va unga qarshi emlash orqali himoyalanish mumkin.

G‘arbiy Afrikani qamragan Ebola

Birinchi marta 1976-yilda aniqlangan ushbu virusli kasallik 2013–2016-yillarda G‘arbiy Afrikada juda keng tarqalib ketdi. Gvineyada boshlangan kasallik Liberiya va Sierra Leonega ham o‘tib ketdi. Kasallikning o‘ziga xos xavfli jihati unda kasallanganlar orasida o‘lim holatining yuqoriligidadir. O‘sha paytda 11 315 kishi yoki kasallarning 50 foizi vafot etdi.

2019-yilning iyul oyida Kongo Demokratik Respublikasida qayd etilganidan keyin JSST xalqaro favqulodda holat e’lon qildi. Mamlakatda kasallik paydo bo‘lganidan buyon 2 200 kishi vafot etdi.

Bu kasallikning ham manbasi ko‘rshapalaklar ekani aytildi. Ko‘rshapalakdan insonga, insondan insonga yuqish orqali tarqaladi. Kasallikning birinchi alomatlar – isitma, mushak ogrig‘i, bosh og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘i - qusish, diareya, buyrak va jigar yetishmovchiligi belgilari va ba’zi hollarda ichki va tashqi qon ketish. Yaqinda Ebola isitmasi bilan kurashish uchun bir nechta dorilar va vaksina yaratildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2019-yilda Kongoda ikkita dorini sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi.

Zika – Lotin Amerikasi bosh og‘rig‘i

Ilk paydo bo‘lgan 1947-yildan 2015-yilgacha bor yo‘g‘i 15 ta holat qayd etilgan mazkur virusli kasallik, 2015-yildan buyon Janubiy va Markaziy Amerikada haqiqiy bosh og‘rig‘i bo‘ldi.

2015-yilda epidemiyaning eng yuqori cho‘qqisida Braziliyada Zika virusini yuqtirgan onalarning 3 000 dan ortiq bolalari miya shikastlanishi va juda kichik bosh suyagi bilan tug‘ildi. Ba’zi bolalarda eshitish va ko‘rishdagi nuqsonlar ham kuzatildi.

Virus simptomlari quyidagilar: bosh og‘rig‘i, toshmalar, bo‘g‘im va mushak og‘riqlari, konyunktivit. Simptomlar og‘ir kechmasada, ammo yuqtirgan odam miyelit va nevrologik kasalliklarga chalinish xavfiga ham ega.

Bugungi kunga kelib Zika virusiga qarshi hech qanday vaksina va dorilar mavjud emas. Faqatgina simptomlarga qarshi profilaktika olib borish mumkin.

Denge virusi

1950-yillarda paydo bo‘lgan mazkur virus tropik gripp ham deb nomlanadi va u 2016-yilda keng avj olib ketdi. 2008–2015-yillar oralig‘ida virusni yuqtirganlar soni JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 1,2 milliondan, 3,2 milliongacha yetdi.

Asosan, tropik va subtropik hududlarda uchraydigan virus Yevropani ham chetlab o‘tmadi. 2012-yilda Portugaliyaning Madera arxipelagida avj olgan va 2000 kishining kasallanishiga olib kelganidan keyin qit’aning boshqa  davlatlariga ham tarqalib ketdi. Kasallik, asosan, hasharotlar orqali tarqaladi va grippga o‘xshaydi. Ammo kuchli qon ketishlarga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, virusdan har yili 390 million odam kasallanadi, o‘lim soni esa, 20 mingtani tashkil qiladi. Vafot etganlar orasida bolalar sonining yuqoriligi qayd etilgan. Kasallikni davolaydigan dori hali hanuz topilgan emas.

Yangi qizamiq epidemiyasi — "dunyodagi eng yomoni”

2019-yil noyabr oyida JSST hozirgi qizamiq epidemiyasini dunyodagi eng yomoni deb atadi. Tashkilotning ma’lum qilishicha, 2018-yilda dunyoning 187 mamlakatida qizamiq epidemiyasini yuqtirgan 410 000 holat aniqlandi, shundan 140 ming kishi vafot etdi.

2019-yilda Buyuk Britaniya, Albaniya, Gretsiya va Chexiya mazkur kasallikdan holi hudud statusini yo‘qotdi. Shuningdek, AQSh ham 25 yildan buyon eng ko‘p kasallik aniqlanganini e’lon qildi.

Kasallikning xavfli oqibatlarini bartaraf etish uchun qo‘llaniladigan vaksina mavjud. 2019-yil dekabr oyida JSST "so‘nggi 10 yillikda emlash darajasining turg‘un qolayotgani, oldinga siljish yo‘qligi” ni tanqid qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:547 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:11
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031