• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 21
Гостей: 21
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 19 » COVID-19 ni yaratishga insonning aqli yetmaydi – uxanlik professor butun dunyoga javob qaytardi
12:06
COVID-19 ni yaratishga insonning aqli yetmaydi – uxanlik professor butun dunyoga javob qaytardi

Insoniyat koronavirusning yangi turiga o‘xshash virusni sun’iy ravishda yaratish uchun zarur bilimga ega emas. Bu haqda kecha, 18 aprel kuni Uxandagi Xitoy Fanlar akademiyasining bo‘lim boshlig‘i, Uxan virusologiya instituti rahbari Yuan Chjimin ma’lum qildi.

"Ilmiy jurnallarda juda ko‘p ma’lumotlar mavjud. Virusologiya haqidagi tushunchamga asoslanib, agar bunday virusning sun’iy sintezi haqida gapiradigan bo‘lsak, uning sun’iy ravishda paydo qilinganini ko‘rsatadigan biron bir dalil yo‘q”, dedi u.

"Ba’zi ekspertlarning fikriga ko‘ra, agar bunday virus sun’iy ravishda sintez qilingan bo‘lsa, unda olimlar butun insoniyatning imkoniyatidan tashqari bilimga ega bo‘lib chiqadi. Aslida, bunday emas. Shu bois men insoniyat bunday bilimga ega emas deb hisoblayman va shunga o‘xshash virusni sun’iy paydo qilinganiga hech qachon ishonmayman”, deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Uxan virusologiya instituti BSL-4  standartiga muvofiq sertifikatlangan, biologik xavfsizlikning eng yuqori darajasiga ega bo‘lgan Xitoyda yagona laboratoriyani o‘z ichiga oladi. Laboratoriya xodimlari dunyodagi eng xavfli kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini tekshirib boradi.

Sir emaski, so‘nggi paytlarda koronavirus Xitoy laboratoriyalarida sun’iy paydo qilingani, u biologik qurol ekanligi va shunga o‘xshash ma’lumotlar OAVda paydo bo‘ldi. Bu da’voni, asosan, AQSH ilgari surmoqda. Prezident Donald Tramp va hukumat vakillari ham bu taxminni yashirib o‘tirishni istamayapti, matbuotda chiqishlar orqali bu haqida gapirilmoqda. Xitoy esa, o‘z navbatida, bu iddaolarni rad etmoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:586 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:20
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь